26. ………… faoliyatni tashkil etish shakli bo„lib ma‟lum kishilar guruhi birgalikda bitta va turli
27. «Biz insonni tashki xulq- atvoriga qarab o„qiymiz» mazkur fikrning muallifi ?
28. «Boshqa odamni bila turib individning o„zi ham shakllanadi» mazkur fikr muallifini aniqlang?
29. ………… odamlar o„rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog„lanishlar
142
Xulosa
Ma`lumki, oliy ta`lim muassasalarida bakalavriat yo`nalaishlarda ta`lim
olayotgan talabalarni “Psixologiya” fani asoslari bilan tanishtirish muhim ahamiyatga
egadir. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim fanlardan
biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olishmoqda. Tibbiyot bilan psixologiyaning
o`zaro aloqasi va hamkorligi yaqqol sezilmoqda. Ong, shaxsning shakllanishi va
ijtimoiylashuvi, shaxs faoliyati va ijtimoiy-iqtisodiy xulq motivlari, shaxsning
individual psixologik xususiyatlari va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
tizimida tutgan o`rnini psixologiya fani orqali tushyntirib beriladi. Yangi davr har bir
insondan psixologik bilimlarni egallashni talab etadi.
Buning uchun shaxs
psixikasining namoyon bo‟lish shakllari: psixik jarayonlar, psixologik xolatlar,
shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini bilish zarur.
Hozirgi kunda psixologiya fani sir-asrorlarini har bir o‟quvchi uchun zarur
bo‟lgan jihatlarini, chunonchi: psixologiyaning boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvi,
hamkorligi, bog‟liqligini; psixologiyaning zamonaviy yo‟nalishlari va tarmoqlarini;
shaxsni psixologik diagnostika qilish usullarini; shaxs va jamiyat munosabatlarini
uyg‟unligini; shaxs faoliyati va hatti-harakati motivlarini;
faoliyati turlarini; shaxsda
kuzatiladigan psixik jarayonlar: sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayolni bilish va
ularni boshqarish qonuniyatlarini qo‟llay olishni; shaxsdagi qobiliyat, xarakter va
temperament kabi individual psixologik xususiyatlarning shaxs faoliyati va hayotidagi
tutgan o‟rnini; shaxsning turli yosh davrlarga bog‟liq xususiyatlarini; shaxsning
muloqot jarayonidagi shakl, tur, vositalarini; shaxsning guruhga va o‟z
navbatida
guruhning shaxsga ta‟sirini; o‟quv va tarbiya jarayonida qo‟llash mumkin bo‟lgan
samarali usullarni bilish, o‟rganish muhimdir.