O’zbekiston respublikasi ta’lim tizimi


Pedagogik mahoratni egallash yo’llari



Yüklə 29,97 Kb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü29,97 Kb.
#135420
1   2   3   4   5   6   7
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TIZIMI

Pedagogik mahoratni egallash yo’llari. O’qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o’rnak bo’lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini namoyon eta olishi, yetuk pedagog sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o’zining munosib hissasini qo’shishi zarur. 
Pedagogik mahoratni oshirishning yuqorida qayd etilgan yo’llardan foydalanish o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. CHunonchi:
1. Mustaqil o’qib-o’rganish, doimiy ravishda o’z ustida ishlash pedagogika fanida ro’y berayotgan yangiliklar haqida ma’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg’or texnologiyalar bilan tanishish imkonini benradi. Buning natijasida yosh o’qituvchilar ularda ilgari surilayotgan ustuvor g’oyalarni umumlashtirish va xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash ko’nikmalarini o’zlashtiradilar.
2. Mahoratli o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish ta’lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etiladi. Pedagogik mahoratni oshirishning bu yo’lidan foydalanish vaqtni tejash imkonini beradi, shu bilan birga iqtisodiy jihatdan samarali sanaladi. Tajribali o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg’ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bunda olingan taassurotlarni umumlashtirish va xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir.
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurs (institut)larida kasbiy malakalarni oshirish ta’lim muassasalarida ishlab chiqilgan rejaga muvofiq tashkil etiladi. Rejani ishlab chiqishda muassasada faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarning kamida 3-5 yilda bir marta malaka oshirish kurslarida ta’lim olishlarini ta’minlash e’tiborda tutiladi. SHu bilan birga ta’lim muassasasining turli fan o’qituvchilariga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar turdosh fanlar bo’yicha qayta tayyorgarlikdan o’tishga jalb etiladi. Qayta tayyorlash kurslarida pedagogik ma’lumotga ega shaxslar o’z ixtiyorlariga ko’ra ham ikkinchi mutaxassislik yo’nalishi bo’yicha ta’lim olishlari mumkin.
4. Ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferentsiya, seminar, pedagogik o’qish va treninglar)da faol ishtirok etish.
5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida ularning ish tajribalarini o’rganish (stajirovka).
Pedagogik mahoratni oshirishning yuqorida qayd etilgan yo’llardan foydalanish o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. CHunonchi: 1. Mustaqil o’qib-o’rganish, doimiy ravishda o’z ustida ishlash pedagogika fanida ro’y berayotgan yangiliklar haqida ma’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg’or texnologiyalar bilan tanishish imkonini beradi. 2. Mahoratli o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish ta’lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etiladi. Pedagogik mahoratni oshirishning bu yo’lidan foydalanish vaqtni tejash imkonini beradi, shu bilan birga iqtisodiy jihatdan samarali sanaladi. 3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurs (institut)larida kasbiy malakalarni oshirish ta’lim muassasalarida ishlab chiqilgan rejaga muvofiq tashkil etiladi. Rejani ishlab chiqishda muassasada faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarning kamida 3-5 yilda bir marta malaka oshirish kurslarida ta’lim olishlarini ta’minlash e’tiborda tutiladi. SHu bilan birga ta’lim muassasasining turli fan o’qituvchilariga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar turdosh fanlar bo’yicha qayta tayyorgarlikdan o’tishga jalb etiladi. 4. Ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferentsiya, seminar, pedagogik o’qish va treninglar)da faol ishtirok etish. 5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida ularning ish tajribalarini o’rganish (stajirovka).
Ayni vaqtda respublikada “Ustoz” jamg’armasining homiyligida ta’lim muassasalarining o’qituvchilar rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bo’lib, ularning ta’lim tizimi va ish tajribalarni o’rganmoqdalar.
Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o’zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to’g’riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo’llarini topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik mahoratga ega bo’lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo’libgina qolmay, o’qituvchining jamoadagi obro’-e’tiborini ham oshiradi, o’quvchilarga unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida malakali (mahoratli) o’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash, ularning tajribalarini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahoratli o’qituvchilarni aniqlash maqsadida turli ko’rik, tanlovlar tashkil etilmoqda. Xususan, “Yil o’qituvchisi” Respublika ko’rik-tanlovi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarga pedagogik mahoratlarini individaul ravishda namoyish etish imkoniyatini berayotgan bo’lsa, “Yil maktabi” Respublika ko’rik-tanlovi o’qituvchilarga jamoa asosida ta’lim muassasasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarni ommaga ko’rsata olishlari uchun sharoit yaratmoqda.
Respublika miqyosida pedagogik faoliyatda ulkan yutuqlarni qo’lga kirita olgan o’qituvchilar ta’lim sohasida quyidagi nufuzli mukofotlari bilan taqdirlanadilar – “Xalq ta’limi a’lochisi”, ko’krak nishoni, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ta’lim xodimi”, “O’zbekiston Respublikasi Xalq o’qituvchisi”.

Yüklə 29,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə