O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə12/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
ПТЭ узб

5-bob


STANSIYA XO’JALIGINING
INSHOOT VA QURILMALARI


54. Stansiyalar yo’llarining rivojlanishi va texnik ta’minoti poezlar harakatining belgilangan miqdorlari, poezdlarni qabul qilish va jo’natish, yuk va bagajlarni ortish, tushirish, tarkib va vagonlarni ishlovdan chiqarish jarayonlarining vaqt me’yorlarini bajarilishini, texnik vositalardan samarali foydalanish, poezdlar harakati xavfsizligi va mehnatning xavfsiz sharoitlarini ta’minlashi lozim.
Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan binolar, platformalar va boshqa inshoot va qurilmalar me’moriy-badiiy ko’rinishga ega bo’lishi lozim, yo’lovchilarni tashish bilan bog’liq jarayonlarni qulay va xavfsiz bajarilishini ta’minlashi kerak. Zarur hollarda yo’lovchi platformalariga o’tish uchun piyodalar tonneli yoki ko’priklar bo’lishi kerak.
Stansiyalardagi piyodalarning o’tish joylari bir sathda bo’lgan hollarda, ular piyodalar yurishi uchun to’shamalar, ko’rsatkichlar va ogohlantiruvchi yozuvlar, zarur hollarda esa avtomatik signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim.
Yo’lovchi stansiyalari, joylarni band etish va chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi, chipta bosib chiqaradigan mashina va avtomatlar tizimi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish yuk saqlash kameralari, poezdlar jo’nashining avtomatik ko’rsatkichlari, ma’lumot berish qurilmalari bilan jihozlanadi.
Peregonlardagi yo’lovchi to’xtash punktlari usti yopiq yoki pavilonli yo’lovchi platformalariga, xizmat ko’rsatiladigan yo’lovchilar soniga muvofiq chipta sotadigan kassalarga ega bo’lishi kerak.
Yuk va sovutgich qurilmalari yuklarning saqlanishini va yuk jarayonlarini qulay bajarilishini ta’minlashi lozim.
55. Faoliyati poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan xodimlar (stansiya navbatchilari, manevr dispetcherlari, signallash va aloqa distansiyalari xodimlari va boshqalar) uchun mo’ljallangan xizmat binolari va xonalarida mehnat qilish uchun zarur sharoitlar bo’lishi kerak.
Stansiya navbatchilarining xizmat xonalarida boshqarish va nazorat asboblari, jumladan, stansiya navbatchisining faoliyatiga bevosita aloqador bo’lgan avtomatlashtirilgan ish o’rni uskunalarini hamda yoritishni markazlashgan boshqarish va seksiya ajratgichlarini masofada turib boshqarish pultlarini o’rnatishga ruxsat beriladi. Boshqa uskuna va jihozlarni o’rnatilishiga alohida istisno hollarida DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i ruxsati bilan yo’l qo’yiladi.
(55 band ikkinchi abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).
Yo’lovchi va yuklarni jo’natuvchi hamda qabul qiluvchilarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning xonalariga o’tish, jarayonlarning tez bajarilishi uchun qulay bo’lishi lozim. Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan xonalarni boshqa maqsadlarda band etish taqiqlanadi.
56. Yo’lovchi va yuk poezdlari aralash harakatlanuvchi liniyalarda joylashgan yo’lovchi va yuk platformalari to’g’ri uchastkalarda yo’lning o’qiga nisbatan balandlik va masofa bo’yicha quyidagi me’yorlarga mos kelishi lozim:

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə