O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə30/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
ПТЭ узб

165. Lokomotivlar va motorvagon harakat tarkibi yilda ikki marta (bahorda va kuzda) DATK tomonidan belgilangan tartibda komissiya ko’rigidan o’tishi kerak.
166. Lokomotiv, shuningdek motorvagon va maxsus o’ziyurar harakat tarkibida o’rnatilgan xavfsizlik qurilmalari va poezd radio aloqa qurilmalari, nazorat punktlarida qurilmalarning ishlashini tekshirish va tartibga solish bilan davriy ko’rikdan o’tib turishi kerak.
Bunday nazorat punktlari asosiy depolarda, zarur hollarda texnik xizmat ko’rsatish va lokomotivlarning aylanish punktlarida bo’lishi kerak.
167. Lokomotiv va motorvagon harakat tarkibida o’rnatilgan manometr va muhofaza klapanlari plombalangan bo’lishi, parovoz qozonlaridagi nazorat tiqinlarida esa tamg’alar bo’lishi kerak. Elektrovoz va teplovozlarda elektrenergiya va yonilg’i sarflanishini qayd qiluvchi apparat va moslamalar ham plombalanishi kerak.
Elektrovoz, teplovoz va motorvagon harakat tarkibidagi elektr muhofaza qurilmalari, yong’in o’chirish vositalari, yong’in signalizatsiyasi va avtomatikasi, lokomotivlar va motorvagon harakat tarkibidagi manometrlar, muhofaza klapanlari, havo rezervuarlari belgilangan muddatlarda sinovdan va tekshiruvdan o’tishi kerak.
168. Lokomotiv brigadalarining tarkibi va ularning lokomotiv va motorvagon poezdlarga xizmat ko’rsatish tartibi, lokomotiv va motorvagon pozedlar turi va DATK tasdiqlagan xizmat qilish tizimi asosida mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
Elektr va teplovoz tortishida bir lokomotiv brigada, bir kabinadan boshqariladigan bir necha lokomotivlarga yoki doimo birikkan seksiyalarga xizmat ko’rsatishi mumkin.
Motorvagon poezdi, poezd elektrovozlari, teplovozlariga bitta mashinist xizmat ko’rsatishi DATK ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Mashinist poezdni boshqarish qobiliyatini to’satdan yo’qotgan holatida avtomatik to’xtash qurilmalari mavjud bo’lganidagina mashinist bir o’zi motorvagon poezdi, shuningdek poezd lokomotiviga xizmat ko’rsatishiga yo’l qo’yiladi.
Lokomotivlarga bir mashinist xizmat ko’rsatishining harakat xavfsizligini ta’minlovchi tartibi mahalliy sharoitdan kelib chiqib DATK tomonidan o‘rnatiladi.
169. Depo yo’llarida lokomotiv va motorvagon harakat tarkibini ish holatida ularga xizmat ko’rsatadigan va to’xtata oladigan xodimsiz, stansiyaning boshqa yo’llarida - mashinist va uning yordamchisi kuzatuvisiz qoldirish man etiladi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə