O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


VI bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalarda



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə76/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
ПТЭ узб

VI bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalarda
harakatni tashkil etish. Tezyurar yo’lovchi poezdlarini
stansiyalar va peregonlar orqali o’tkazish tartibi.

120. Jo’nash va yetib kelish punktlarida, shuningdek oraliq to’xtash punktlarida tezyurar yo’lovchi poezdlarini qabul qilish va jo’natish stansiya TBA (texnikaviy-boshqaruv akti)da ko’rsatilgan ixtisoslashtirilgan yo’llarda amalga oshiriladi.


121. Stansiyalar orqali tezyurar yo’lovchi poezdlarini o’tkazishda manyovr ishlari va yo’llardagi olib qo’yiladigan birliklarning boshqa har qanday harakatlari tezyurar yo’lovchi poezdining qo’shni stansiyadan chiqish vaqtiga to’xtalishi, manyovrlar rahbari esa manyovrlar amalga oshirilgan yo’lda qoldirilgan vagonlar ketib qolishdan stansiya TBA da belgilangan normalarga muvofiq mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi va stansiya navbatchisiga bu xaqida xabar berishi kerak.
122. Tezyurar yo’lovchi poezdlarini o’tkazish uchun marshrutlarni tayyorlash bilan bog’liq barcha operasiyalar poezd o’tishidan kamida 10 daqiqa oldin oxiriga yetkazilishi kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdining ichkaridan o’tkazish marshrutiga kiruvchi strelkalarni yangi marshrutlarni o’rnatish uchun o’tkazish faqat poezd stansiyadan o’tib ketgandan keyin amalga oshirilishi kerak.
123. Majburiyatlariga poezdlarni kutib olish va kuzatish vazifasi kiritilgan stansiya navbatchilari, signalchilar va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK korxonalarining boshqa xodimlari tezyurar yo’lovchi poezdlari o’tishidan kamida 5 daqiqa oldin kutib olish uchun belgilangan joylarda turishlari va bunda ushbu poezd harakatlanuvchi yo’lning chekka relsiga 5 m dan kam masofaga yaqinlashishi kerak emas.
124. Tushirilgan yoki ortish uchun tayyorlab qo’yilgan bagaj va pochta, pochta-bagaj aravachalari, shuningdek tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkaziladigan yo’l yoqasidagi yo’lovchi platformalarida joylashgan boshqa yuklar va buyumlar, ushbu poezd o’tkazilishidan oldin mazkur yo’l platformasi chekkasidan kamida 2 m masofada joylashtirilishi, aravachalar esa, bundan tashqari mahkamlangan bo’lishi kerak.
125. Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa oldin barcha olib qo’yiladigan birliklar (ta'mir minoralari, yo’l vagonchalari, olib qo’yiladigan defektoskop aravachalari) ushbu poezd harakatlanish marshrutiga kiruvchi yo’llardan, shuningdek mazkur marshrutga chiqishga ega bo’lgan yo’llardan olib qo’yilishi va mahkamlanishi kerak.
Agar tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishiga 1 soatdan kamroq vaqt qolsa, olib qo’yiladigan birliklarning, shuningdek olib qo’yilmaydigan motor-rels transportining peregonga yo’lga chiqishi taqiqlanadi.
126. Stansiya va to’xtash punktlari yo’lovchi platformalarida, chipta kassalari yonida, yo’ldan o’tish joylarida, temir yo’l kesishmalarida odamlarni tezyurar yo’lovchi poezdi o’tish vaqti xaqida e'lonlar hamda ularni o’tishida alohida ehtiyotkorlik xaqida ogohlantirishlar osib qo’yilishi kerak. Bunda navbatchi xodimlar, shuningdek poezdlarni platformalarda kutayotgan yo’lovchilar, platforma chekkasidan xavfsiz masofaga uzoqlashishlari kerak (kamida 2 m).
127. Stansiyalar, vokzallar bo’yicha navbatchilar tezyurar yo’lovchi poezdi yaqinlashishi va odamlarning xavfli xududda bo’lishlarining taqiqlanishi xaqida oldindan xabardor qiladilar. Xabardor qilish yo’lovchilarga ma'lumot yetkazish aloqasi orqali tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 15 daqiqa oldin xabarni 5 daqiqalik intervalda uch marta takrorlab amalga oshiriladi. Stansiyada yo’lovchilarga ma'lumot yetkazish aloqasi yo’qligida yoki nosozligida yo’lovchilarni tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi xaqida xabarlash megafonlar yordamida amalga oshirilishi kerak.
128. Stansiyada turgan yo’lovchi poezdlarining kuzatuvchilari qo’shni yo’ldan tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan oldin bu tomondan vagon eshiklarini berkitishi va yo’lovchilarni bunday poezd o’tishi xaqida ogohlantirishlari shart.
129. Ikki yo’lli peregonlarda tezyurar yo’lovchi poezdlarining yuk poezdlari va boshqa harakat tarkibi bilan, yo’lovchi va shaharlararo poezdlardan tashqari, kesishishiga ruxsat etilmaydi.
130. Stansiya orqali ichkaridan o’tkazishda tezyurar yo’lovchi poezdlari asosiy yo’llar bo’yicha harakatlanishi kerak. Istisno holatlarda bunday poezdni stansiyaning yonbosh qabul qilish-jo’natish yo’lidan, shuningdek peregonning noto’g’ri yo’lidan o’tkazilishiga, "O’zbekiston temir yo’llari" Birlashtirilgan dispetcherlik markazi boshlig’i yoki uning o’rinbosari ruxsat berishi mumkin.
131. Noto’g’ri yo’ldan harakatlanishda poezd tezligi 120 km/soat dan, noto’g’ri yo’l marshruti bo’yicha joylashgan kesishmalardan o’tishda esa, agar ular avtomat signalizatsiyasi qurilmalari va to’sish jihozlari bilan faqat to’g’ri yo’l bo’yicha jihozlangan bo’lsa, 40 km/soat dan oshmasligi kerak. Tezyurar yo’lovchi poezdining noto’g’ri yo’l bo’yicha yoki jadvaldan og’ish bilan jo’nashi to’g’risida kesishma navbatchilari telefon orqali xabardor qilinishlari kerak.
Asosiy va ular bilan qo’shni yo’llar o’qlari orasidagi masofalar 6850 mm dan kichik bo’lgan stansiyalar orqali tezyurar yo’lovchi poezdlarining o’tkazilish tartibi stansiyalar texnik-farmoyish dalolatnomalari bilan belgilanadi.
132. Stansiyaning yonbosh qabul qilish-jo’natish yo’lidan tezyurar yo’lovchi poezdining majburiy o’tkazilish zaruratida poezd dispetcheri oldindan, hali poezd avvalgi stansiyadan o’tmasidan oldin, poezd lokomotivi mashinistini uni yonbosh yo’l orqali kelgusidagi o’tkazilishi xaqida radio aloqa orqali xabarlashi kerak hamda uning xabari mashinist tomonidan qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgach, poezdning keyingi harakatiga ruxsat beradi.
133. Tezyurar yo’lovchi poezd lokomotivi mashinistini uni yonbosh qabul qilish-jo’natish yo’li orqali kelgusidagi o’tkazilishi xaqida radio aloqa orqali xabarlash imkoni mavjud bo’lmagan holatda poezd dispetcheri ko’rsatmasiga binoan poezd avvalgi stansiyada to’xtatiladi. To’xtashdan keyin radio aloqa orqali, agar u ishlamasa - stansiya xodimi orqali lokomotiv mashinistiga uni qo’shni stansiyada yonbosh yo’l orqali o’tkazilishi xaqida xabar yetkazilishi kerak. Xuddi shunday tartibda (poezdning stansiyada to’xtashidan keyin) barcha tezyurar yo’lovchi poezdlarining lokomotivlari mashinistlariga kutilmasdan yuzaga kelgan ogohlantirishlar xaqida xabarlar yetkaziladi. Tezyurar yo’lovchi poezdini yonbosh qabul qilish-jo’natish yo’lidan o’tkazish zarurati, u hali stansiyaga tutashuvchi peregondaligida yuzaga kelganda, poezd taqiqlash kirish signali oldida to’xtatilishi, u ochilgandan keyingina stansiyaga qabul qilinishi kerak.
134. Jadvalda nazarda tutilmagan stansiyada tezyurar yo’lovchi poezdining to’xtashi zarurati yuzaga kelishida, poezd dispetcheri yoki to’xtash mo’ljallanayotgan stansiya navbatchisi bu xaqida mashinistni poezd radio aloqasi orqali ogohlantirishi kerak.
135. Tezyurar yo’lovchi poezdining jadvaldan og’ishlarida uni o’tkazishga faqat ushbu poezd uchun poezd harakatlari grafigida o’rnatilgandan kamaytirilmagan poezdlar aro intervallari bilan ruxsat etiladi.
136. Lokomotiv ALS qurilmalari ishdan chiqishi holatlarida mashinist bu xaqida radio aloqa orqali stansiya navbatchisi, poezd dispetcherini xabarlaydi va poezd dispetcheri buyrig’ini olgach, ALS qurilmalari ishi tiklangunga qadar, 120 km/soat dan oshmagan tezlikda, yo’l svetoforlari ko’rsatishlariga va O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnomada nazarda tutilgan talablarga amal qilib harakatlanadi.
137. Radio aloqa nosozligida mashinist eng yaqin bo’luvchi punktda poezdni to’xtatishi va bu xaqida stansiya navbatchisi orqali poezd dispetcheriga xabar berishi shart. Bunda, tezyurar yo’lovchi poezdining keyingi harakatlanishi "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda amalga oshirilishi kerak.
138. Tezyurar yo’lovchi poezdining peregondagi majburiy to’xtashida lokomotiv va poezd brigadalari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda harakat qiladilar.
139. Tezyurar yo’lovchi poezdlari lokomotivlarining oldingi kabinalarida yurishga, lokomotivlarda yurish xuquqiga ega shaxslardan ko’pi bilan 2 kishiga ruxsat etiladi (mashinist-yo’riqchisini hisobga olib).
140. Mazkur TFQ ga Qo’shimchalar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK bilan kelishilgan.


(O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari "O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq 1-ilova bilan to’ldirilgan).

O’zbekiston Respublikasi


temir yo’llaridan texnikaviy
foydalanish qoidalariga

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə