O„zbekiston respublikasi



Yüklə 286,9 Kb.
səhifə32/61
tarix31.12.2021
ölçüsü286,9 Kb.
#81442
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61
O„zbekiston respublikasi

Loyiha

Keltirilgan

Keltirilgan

Foyda

Loyiha




investitsiyalar,

ming doll.

tushumlar,

ming doll.

indeksi, R1

Reytingi

A

10 000

24 000

2,4

2

B

30

80

2,67

1

V

300

360

1,2

7

G

80

78

0,98

9

d

120

170

1,48

5

E

160

240

1,5

3

J

600

680

1,13

8

3

150 000

190 000

1,27

6

i

120 000

175 000

1,46

4

Foydalilik koeffitsienti eng yuqori reytingga ega loyihalar tanlab olinadi va sof joriy qiymati xisoblab chiqiladi. mazkur investitsiyalarni bunday taqqoslama tahlili eng makbul loyihani tanlash imkoniyatini beradi.

Investitsiyalarning muqobil variantlari ichida eng makbulini tanlash investitsiya xarajatlarini qisqa muddat ichida qoplanishini qolgan davr mobaynida loyihadan katta foyda olish imkonini beradi. Bozor iq tisodiyoti sharoitida mukobil investitsiyalar ichida eng optimalini tanlash ba‘zida uzaro ziddiyatli loyihalar o‗rtasida birini tanlashga majbur etadi.

Ko‗p xollarda investitsiya loyihasida ishtirok etuvchilarda xisob kitoblarni soddalashtirish ishtiyoqi paydo bo‗ladi. Agar mukobil loyihalarda sof joriy qiymat asosida amalga oshirilsa doimiy ravishda reinvestitsiya qilish imkoniyatida yuzaga keladi. Bunday xollarda investitsiya davrlarini turliligini inobatga olgan xolda ularni taqqoslash uchun bir xil davrga keltiriladi. Kapitalning koplanish davrini uning sof va joriy qiymatini , necha yilda o‗aqiqiy qiymatda qaytishini bilish investorlar uchun qiziqarli. Lekin uning bozor qiymati jixatidan koplanish davri miqdor qo‗rsatkichi bo‗yicha koplanish davridan farq qiladi. Bu qiymatlar bir biriga qanchalik yaqin bo‗lsa investor uchun shunchalik foydali bo‗ladi. shuningdek investitsining xayot davri qanchalik uzoq bo‗lsa investor uchun yuqori foyda olish imkoniyati katta bshladi.



    1. modul. TEXNIKAVIY VA TIJORAT TAHLILI




    1. Texnik tahlilning vazifasi.
R E J A

    1. Loyihalarni ishlab chiqishning texnik muammolari

    2. Loyihani joylashtirish o‗rni 8.4.Xarajatlar smetasi.

    1. Loyihani amalga oshirish grafigi.

    2. Tijorat tahlilining vazifasi.

    3. Talab va taklif tahlili.




    1. Texnik tahlilning vazifasi.


Loyihani texnikaviy tahlilining vazifasi bu loyiha maqsadiga loyik texnologiyani aniqlash, loyihadan foydalanuvchi guruhlarga ta‘siri, maxalliy sharoitlar, shu jumladan kapitalga egalik qilish imkoni va uni qiymati, xom- ashyo, ishchi kuchlari, bozor o‗lchamlarini, hamda loyihani rejalashtirish va imkoniyatlarini tahlil qilishdir.

Loyiha tahlilida birinchi navbatda texnik tahlil o‗tkazilib, unda loyihani texnik rejasini muqobilligi va muammolari, xarajatlar va loyihani amalga oshirish jadvalini ko‗rib chiqiladi. So‗ngra loyihani kim amalga oshirishi ya‘ni, mulkga egalik shakli, loyihani ko‗lami, joylashgan mintaqasi, amalga oshish muxlati va texnologiyalar to‗plami ko‗rib chiqiladi.



Loyihani yaratilishida bir qator muammolar bo‗lib, ular: mulkga egalik shakli, loyiha ko‗lami, joylashtirish mintaqasi, amalga oshirish muxlatlari va texnologiyalar to‗plamidir.

Avval loyihalarini asosiy qismi davlat sektoriga tegishli bo‗lib uni davlat tomonidan amalga oshirilar edi. Xozirda bozor iqtisodiyot sharoitida turli mulkchilik bo‗lganligi tufayli loyihalarni investitsiyalash davlat va xususiy investorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bu o‗zgarishlarni ba‘zi birlari siyosatga tegishli o‗zgarishlarni aks ettirsa, ko‗pchiligi texnologiyadagi fundamental o‗zgarishlardan kelib chiqadi, ular esa o‗z navbatida avval tarqalgan iqtisodiy va siyosiy argumentlarni iqtisodiy faoliyatida davlat qatnashuvi foydasiga o‗tkazishni har tomonlama qayta ko‗rib chiqishni dav‘at etadi.

Mulk shakli masalasi bir vaqtda loyihani texnik rejasini tanlanishini aniqlaydi. YA‘ni loyihani davlat yoki xususiy investor investitsiya bilan ta‘minlashiga qarab texnologiya tanlanadi chunki davlat sektori murakkab texnologiyaga asoslangan yirik loyihalarini amalga oshirish imkoniga ega bo‗lsa, xususiy investorlar kichikroq arzonroq texnologiyaga asoslangan loyihalarni amalga oshirishi mumkin.

Loyiha ko‗lami va to‗zishishi deyarli hamma xolatlarda o‗zgaruvchi miqdor xisoblanadi va uni loyihani yaratilish davrida aniqlash tavsiya etiladi. Qishloq xo‗jaligi va sanoat ishlab chiqarishi uchun loyiha ko‗lami uning mahsulotiga bo‗lgan talabi bilan belgilanadi boshqa xollarda loyiha ko‗lami eng avval loyihani amalga oshiruvchi idoraning tashqilotchilik imkoniyatiga yoki ishlab chiqaruvchilariga (fermerlar) bog‗liqdir.

Ba‘zi bir loyihalarda ishlatilishi mo‗jallanayotgan tabiiy va xududiy jihatdan jismoniy cheklangan resurslarga bog‗liq bo‗ladi.

Loyiha ko‗lamini eng maqbuli uni SKK miqdorini eng katta bo‗lgan holatida xisoblanadi. Xalq xo‗jaligining ayrim tarmoqlarida ko‗p qirrali (tomonli) taraqqiyot dasturlari bo‗ladiki ular turli sektorlarga va faoliyat turlariga ta‘luqlidir. Masalan, qishloq xo‗jaligini taraqqiyot dasturi: sug‗orish tizimi va memoratsiya; ishlab chiqarish va infrastruktura turlarini rivojlantirish loyihalarini o‗z ichiga oladi bunday holda dastur tarkibidagi aloxida kichik loyihalar o‗zaro yaqin bog‗langan bo‗lsalar unda iqtisodiy tahlilda foyda va xarajatlarni har birini alohida xisoblash shart emas va shuning uchun daromad ichki stavkasini xisoblash zaruriyati yo‗q. Bunday xolatlarda SKK yoki daromadning ichki stavkasini butun loyiha uchun xisoblash mumkin.

Agar dasturdagi kichik loyihalar bir biri bilan bog‗liq bo‗lmasa, unda ular aloxida tahlil qilinishi zarur. Masalan, bir necha uchastkalardan tashkil topgan va turli tumanlarga xizmat qiluvchi avtomobil yo‗llar uchun, har bir uchastkasi aloxida tahlil qilinishi kerak.

Dastur tarkibidagi loyihalar foydasiga qarab uchga bo‗linadi:


  1. o‗zaro o‗rin almashuvechi loyihalar.

  2. o‗zini o‗zi to‗ldiruvchi loyihalar.

  3. erkin loyihalar.

O‗zaro o‗rin almashuvchi loyihalar- dastur tarkibidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan keladigan foyda, ularni aloxida amalga oshirishda keladigan jami foydadan kam bo‗lgan loyihalardir.

O‗zini - o‗zi to‗ldiruvchi loyihalar - dastur tarkibidagi loyihalarni aloxida-aloxida amalga oshirishdan keladigan jami loyihasi, ularni birgalikda amalga oshirilganda keladigan foydadan kam bo‗lgandagi loyihalar.

Erkin loyihalar - dastur tarkibidagi loyihalarni aloxida-aloxida amalga oshirilganda keladigan foydalar yig‗indisi ularni birgalikda amalga oshirilganda keladigan foydaga teng bo‗lgandagi loyihalar.

SHuningdek dastur tarkibidagi loyihalar xarajatlarga nisbatan ham uchga bo‗linadi:



  1. o‗zaro o‗rin almashuvchi loyihalarda - umum loyiha xarajatlari aloxida- aloxida amalga oshirilgan loyihalar xarajati yig‗indisidan ortiq bo‗ladi.

  2. o‗zaro birini-biri to‗ldiruvchi loyihalarda esa, umum loyiha xarajatlari aloxida - aloxida amalga oshirilgan loyihalar xarajatlar yig‗indisidan kam bo‗ladi.

  3. xarajatlar bo‗yicha erkin loyihalarda- umum loyiha xarajatlari aloxida - aloxida amalga oshirilgan loyihalar xarajatlarining yig‗indisiga teng bo‗ladi.

Loyihalarni bunday guruhlarga bo‗lish ko‗p maqsadli loyiha dasturini kurilishda uni tarkibidagi loyihalarni aloxida amalga oshirish samaralimi? yoki dasturdagi barcha loyihalarni bir biriga bog‗liq holda umumiy amalga oshirish samaralimi? degan masalani hal qilish uchun zarurdir.

Loyihaning joylashtirilishi va muxlati - loyihani joylashtirishga turli omillar ta‘sir etib ular ichida SKK bosh hal qiluvchi omil xisoblanadi. Loyiha uchun SKK eng yukori darjasini ta‘minlovchi joy- bu eng joylashuv o‗rindir.

SHuningdek loyihani qabul qilish uni eng maqbul muxlati ham SKK ni eng ko‗p beradigan yil xisoblanadi.




    1. Yüklə 286,9 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə