6
bozoriga moliyaviy instrumentlar emissiyasi, xaridi va savdosini amal-
ga oshiruvchi iqtisodiy subyektlar, moliya institutlari jamlanmasi sifa-
tida ham qaralishi mumkin. Har bir moliya instituti moliyaviy instru-
mentlarning aniq bir toʻplami bilan u yoki bu operatsiyani amalga
oshirish boʻyicha aniq vakolatga egaligini alohida taʼkidlash lozim.
Moliya bozorining asosiy vazifasi sifatida moliyaviy resurslarning
yakuniy isteʼmolchilari oʻrtasida jamgʻarmani samarali taqsimlashni
taʼminlash masalasi qoʻyiladi. Bu masalani hal qilish ham obyektiv,
ham subyektiv sabablarga koʻra murakkablik kasb etadi. Chunki
moliya bozori ishtirokchilari manfaatlari bir-biriga qarama-qarshiligi,
moliyaviy majburiyatlarni bajarish boʻyicha risklarning yuqoriligi va
boshqa holatlar vazifaning toʻliq bajarilishiga imkon bermaydi. Moliya
bozori aholi jamgʻarmalarini investitsiyalarga aylantirishning asosiy
mexanizmi hisoblanadi, u investor va jamgʻaruvchi manfaatlarining
oʻzaro muvofiqligini taʼminlaydi. Yuqoridagilar asosida moliya bozori
mohiyatiga toʻxtalib oʻtamiz.
Gʻarb iqtisodiy adabiyotlarida moliya bozorlari pul mablagʻlari
oqimini jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga yoʻnaltiruvchi bozor insti-
tutlari jamlanmasi sifatida keltiriladi.
1
Frederik Mishkin ortiqcha
mablagʻlarga ega odamlardagi pul mablagʻlarini pul mablagʻlari
yetishmayotganlariga oʻtkazib berishga xizmat qiluvchi bozorlarni
moliya bozorlari deb ataydi.
2
Keltirilayotgan taʼriflar asosida taʼkid-
lash mumkinki,
moliya bozori –
moliyaviy instrumentlardan foydana-
nish asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul
mablagʻlarini qayta taqsimlash yuz beradigan bozordir.
Moliya bozorisiz yirik kapitalni jalb qilish va yirik loyihalarga
investitsiyalash murakkab masaladir. Sotuvchi va xaridorlar sonining
koʻpligi natijasida shakllangan raqobat mexanizmi orqali bozorda
moliyaviy aktivga nisbatan yagona bozor bahosi shakllanadi va
axborot shaffofligiga erishiladi. Bugungi yuqori texnologik
imkoniyatlar sharoitida maxsus vositachilik tuzilmalaridagi koʻp sonli
operatsiyalar hisobiga pul va boshqa aktivlar muomalasi xarajatlari
1
Долан Э.Дж
.,
Кэмпбелл К
.
Д.
Деньги, банковское дело и денежно-кредитная политика.
М. ; СПб., 1993. С. 15.
2
Frederick S. Mishkin, Kent Matthews and Massimo Giuliodori.
The economics of money,
banking and financial markets. UK. Pearson, 2013. P.3.; Frederic S. Mishkin, Stanley
G.Eakins. Financial markets and institutions. USA.
Prentice Hall, 2012. P.2.
7
pasaytirilishi, risklar sugʻurtalanishi, sotiladigan aktivlar turlari
kengayishi yuz bermoqda.
Moliya bozorining rolini chuqurroq anglash uchun uning
funksiyalarini bilish talab etiladi. 1997 yil iqtisodiyot boʻyicha Nobel
mukofoti laureati Robert Merton moliya bozorining quyidagi
funksiyalarini ajratib koʻrsatadi:
- kapitalni vaqt, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash;
- kapital jamlash va
korxonalarga ulush kiritish;
- toʻlov-hisob-kitob;
- risklarni
boshqarish;
- axborot;
- axborotlar assimmetriyasi bilan bogʻliq muammolarning oldini
olish.
Moliya bozorining ishtirokchilari sifatida kapital jalb qiluvchilar,
investorlar, vositachilarni ajratib koʻrsatish mumkin. Bunda oʻz-oʻzi-
dan ayonki kapital jalb qiluvchilar mohiyatan qarz oluvchilar sifatida
namoyon boʻladi. Investorlar esa oʻz kapitallarini vositachilar orqali
joylashtiradilar (1.1-rasm).
1.1-rasm.
Dostları ilə paylaş: