O‘zbekiston Respublikasi


R = (Sf : O‘k) x (Sf : T) x (T : A) x (A : O‘k)



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə53/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

R = (Sf : O‘k) x (Sf : T) x (T : A) x (A : O‘k),

Bu yerda: R - sof foyda bo’yicha o’z kapitalining

rentabelligi;

Sf – sof foyda yoki netto-foyda;

O‘k – o’z kapitali;

T - tushum;

A - aktivlar.
Bir vaqtning o’zida bu formuladagi (Sf : O‘k) nisbati sof foydaga ko’ra o’z kapitalining rentabellik koeffitsi-entini ko’rsatsa, (Sf

: T) nisbati esa sotuv rentabelligini ifodalab, bir tomondan bu nisbat tahlil qilinayotgan davrda sof foyda va sotuv hajmi (tushum) o’rtasidagi nisbatni aks ettirsa, ikkinchi tomondan esa, yaxlit holda sotilgan mahsulotning daromadliligini xarakterlaydi va u alohida olingan tovar turlari daromadligiga va ularning realizatsiya hajmidagi nisbatiga bog’liqdir. Shuningdek, (T : A) nisbati xo’jalik faolligi koeffitsientini ko’rsatadi. Bu koeffitsient aktivlarning aylanuvchanligi (yoki aktivlar-ning yillik o’rtacha qiymatiga to’g’ri keluvchi bir so’mlik tushum hajmi)ni aks ettiradi, tahlil davridagi aktivlar aylanmasining sonini xarakterlaydi. Aktivlar qancha ko’p aylansa, ularning rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi. (A : O‘k) nisbati esa bir so’mlik o’z kapitaliga to’g’ri keluvchi aktivlarning umumiy miqdorini ko’rsatadi. Bir so’mlik o’z kapitaliga to’g’ri keluvchi aktivlar qanchalik ko’p bo’lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Bu ko’rsatkich XYuSning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar)ga kapitalning qo’shimcha manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini aks ettiradiki, bu narsa tushum hajmi va XYuS daromadliligini oshirishga imkon beradi.

Yuqoridagi formulada keltirilgan ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligini XYuSning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab berishda foydalanish mumkin. Chunki formuladagi ko’rsatkichlar XYuS yakuniy natijalarining aktivlardan foydalanish darajasi, ularning aylanish tezligi, sotish hajmi va sotilayotgan mahsulotlarning daromadliligi, ya’ni moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha asosiy parametrlari bilan o’zaro bog’liqligini ifoda-laydi. Bularning barchasi istiqbolga mo’ljallangan biznes-rejani ishlab chiqish uchun asos bo’lishi, shuningdek, investitsion-innovatsion biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin.

XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash uchun xo’jalik faolligi koeffitsientidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu koeffitsient XYuSga tegishli bo’lgan tushumning barcha aktivlarning o’rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha ifodalash mumkin:


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə