O`zbekiston respublikasi


-Mavzu TURKIY TILLARDA UNLI TOVUSHLAR TIZIMI



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə49/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

5-Mavzu TURKIY TILLARDA UNLI TOVUSHLAR TIZIMI
Barcha tillarda bo‘lganidek, turkiy tillarda ham unli tovushlar oppozitsiyasi mavjudligi xususida, ularni mivdor va sifat ko‘rsatgichlari turlichaligi haqida A.M.SHcherbak, NA.Baskakov, A.N.Kononov, A.Rustamov kabi olimlar tomonidan farqli fikrlar bildirilgan. Agar O‘rxun — Enasoy yondnomalarida uchraydigan 41 yozuv belgisidan atigi 4 tasi unli tovushlarni ifodalaganligini nazarda tutsak, keyingi tarixiy taraqqiyoti davrida turkiy tillarning unlilar tizimi ancha kengayganligini ko‘rish mumkin. Ba’zi turkiy tillarda unlilar miqdori 20 tadan ortsa (masalan, tuva, tatar, gagauz tillarida), asosan boshqa turkiy tillarda 8 — 9 tadir.
Turkiy tillar tovush tizimidagi unlilar tavsifi -quyidagi masalalarga aniqlash kiritishni taqozo etadi:

  • unli tovushlarning paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra oshyuzitsiyasi;

  • unli tovushlarning uzun — qisqaligi ko‘ra oppozitsiyasi;

  • singarmonizm hodisasining ko‘rinishi va holati;

  • boboturk tili davrida unlilarning xususiyatlari va diftonglarning ko‘rinishlari;

  • turkiy tillarda unlilar tasnifi masalasi;

  • hozirgi turkiy tillarda unlilar mosliga va farqlari.

Prototurk davri unli tovushlari tarkibi xususida
ko‘pgina olimlar uzun va qisqaligiga ko‘ra 8ta unli
bo‘lganligi haqida gapirdilar. Bularni aniq aytilishi
darajasiga ko‘ra quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
qisqa unlilar: a —a:, o‘ — o:, u — u:, o‘—’
uzun unlilar: a: —e, o: — o, u: — u, i: — i

Epiq «e» unlisining qadimgi turkiy tilda bo‘lmaganligini ko‘pchilik ta’kidlaydi. Aslida bu fonemaning fonologik vazifasi bo‘lmagan. Fonologik jihatdan bir vaqtning o‘zida » e» va «i» unlilariga zid kelmaydi.


Ta’kidlash lozimki, turkiy tillarda so‘zning birinchi bo‘g‘inidagi vokalizm ikkinchi bo‘g‘inidagiga nisbatan boydir. Qadimgi turkiy tildagi qo‘shimchalarlarda a, e, , i fonemalari uchraydi. Lab unlisi sifatida u: va u variantlari keyinroq paydo bo‘lgan.
Prototurk vokalizmining yana bir muxim xususiyati shuki, ko‘pchilik tillarda uzun unlilar yo‘qolib kegan. Uzun unlilar yoqut, turkman, xalaj tillarida saqlanib qolgan.
Qisqa unlilar ham ko‘pgina turkiy tillarda o‘zgarishlarga uchragan. Ikki bo‘tinli so‘zlarda qisqa unlilar barqaror bo‘lmagan, oldingi tovushlar assimilyasiya ta’siriga uchragan. Ayrim unli tovushlardagi o‘zgarishlarga to‘xtalamiz:
1. Qisqa a. Bu unli qadimgi turk tilida ham bo‘lgan, hozircha ko‘pchilik turkiy tillarning birinchi bo‘ganida saqlanib qolgan. Bu unlining lablangan, til orqa unlisiga o‘tishi tatar va boshqird tillarida uchraydi (a>a°) qara (qad. turk), qa°ra (tatar), qa°ra (boshqird).
a>u holati chuvash adabiy tilida mavjud.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə