O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə311/330
tarix21.01.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#98935
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   330
Umumiy psixologiya fanidan MAJMUA Fizika (kechki)11111

MT14

Nikoh va oila haqidagi tasavvurlar

4

MT15

Shaxs ijtimoiylashuvida ijtimoiy status va ijtimoiy xulq-atvorni o’rni va ijtimoiy ustanovka haqida tushuncha.

4

MT16

Kichik va katta guruhlardagi muammolar

Mavzularga oid glossariy tuzish, Har bir mavzuga 5 tadan test savoli tuzish, taqdimot tayyorlash

4

2,5

MT17

Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari

4

MT18

O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar

4

MT19

Pedagogik qobiliyatlarning turlari

4

Jami:

76

10



GLOSSARIY
(IZOHLI LUG’AT)

FAN BO’YICHA GLOSSARIY


"Men" - konsepsiya (lot. conceptio - qabul etish - odamning o’zi to’grisida nisbatan barqaror, aniqlangan, o’z kechinmalarida ifodalanadigan taassurotlar tizimi.
Abstraksiya (lot. Abstractio mavxumlashtirish) - narsalarnnng o’ziga xos belgi va xususiyatlarini, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni, narsalarning muhim belgi va xususiyatlarini ajratib olishga qaratilgan fikrlash operasiyasi.
Abuliya (yunon. Abule - irodani inkor etmoq) - eng oddiy, osongina masalalar bo’yicha ham ma'lum qarorga kelish qobiliyati yo’qligida namoyon bo’ladigan o’ta irodasizlik.
Adaptasiya (lot. Adaptare moslashtirmoq) - sezgi a'zolarining qo’zg’ovchi kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o’zgarishi.
Afaziya (yunon. A - inkor yuklamasi, phasia - nutq) - bosh miya qobig’ining ayrim qismlarini zararlanishi natijasida nutqining izdan chiqishidan iborat psixopatologik nuqson.
Affekt (lot. Affektus - ruhiy - hayajon, ehtiros) - kuchli, jo’shqin va nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar tariqasida ro’y beradigan psixologik holat.
Afferentasiya (lot, afferens (afferentis) - keltiruvchi) - tashqi va ichki qo’zg’atuvchilar orqali sezgi a'zolariga ta'sir etish asosida paydo bo’lgan nerv tizimiga kelib turish jarayoni.
Agglyutinasiya (lot. Agglutinate - yopishtirmoq yelimlamoq) - mavjud obraz va tasavvur qismlarini bir - biriga "yopishtirib" ho’shish asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat xayol faoliyati. Mas., suv parisi obrazi.
Agrafiya (yunon. A - inkor yuklamasi, grapho - yozaman) nutqdagi turli buzilishlar natijasida yozuvning izdan chiqishi.
Agroziya - idrokning buzilishi. Agrafiya miyaning ma'lum bir jarohatlanishida natijasida sodir bo’ladi
Akkomodasiya (yunon. Akkomadatio - moslashish) - ko’zning turli masofadagi narsalarni ko’rishga moslashuvi.
Akmeologiya (yunon. Akme yuksak pog’ona, ziyraklik, yuqori, logos - tushuncha ta'limot) - tibbiyot, ijtimoiy va tabiiy fanlarning tutashuvida maydonga kelib, fenomenologiyani, inson taraqqiyotining qonuniyat va mexanizmlarini, insonning kamolotga erishish pog’onasida uning bu taraqqiyoti ancha yuqori darajaga erishuvini o’rganadigan fan.
Aks ettirish nazariyasi- in'ikos nazariyasi; psixik hodisalar borliqni aks ettirishning shakllaridan biri deb qaraladigan nazariya.
Aksentlash (yunon. Accentys – urg’u) - narsalarning ayrim qismlarini boshqa qismlariga nisbatan haddan tashqari kichraytirish yoki kattalashtirish asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat xayol faoliyati.
Amaliy tafakkur - ko’pincha vaqt tanqisligi sharoitida yuzaga keladigan va xatti - harakatlarning maqsadini aniqlash, reja loyihalarni ishlab chiqish bilan bogliq.
Ambivalentlik (yunon. Ambi - tevarak, ikki tomondan, lot. valentia - kuch) - bir vaqtda qarama - qarshi hissiyotlarning namoyon bo’lishi (mas., kulgu va qayg’u, xursandlik va kulfat).
Amneziya (lot. A - inkor etish, mnesus - xotira) - miyaning turli qismlarining jarohatlanishi natijasida xotiraning yo’qolish holati.
Analizator (yunon. Analusis bo’laklarga ajratish) - murakkab neyrofiziologik tizim, odamga ta'sir etuvchi qo’zg’alishlarni idrok etish va uni tahlil qilish.
analizatorlar sezgirligining ortib ketishi.
Animizm (lot. anima - jon) - odam, hayvonot, o’simlik, predmetlarda mustaqil jon borligi haqidagi tasavvur tizimi.
Apatiya (yunon. Apatheia - hissiyotsizlik) - kishining tevarak - atrofdagi olamga nisbatan hech qanday qiziqishilarsiz befarq holati.
Appersepsiya (lot. ar - ga, qarashli, perceptio - idrok) - shaxs idrokining avvalgi bilim va tajribalariga hamda uning umumiy qiziqish, xavaslariga bog’liqligi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə