O‘zbekiston respublikasi


-MAVZU QIMMATLI QOG‘OZLAR VA ULARNING TA’RIFI



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix25.01.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#99306
1   2   3   4
qimmatli qogozlar bozori

1-MAVZU
QIMMATLI QOG‘OZLAR VA ULARNING TA’RIFI.
QIMMATLI QOG‘OZLARNING UMUMIY
TUSHUNCHASI
2008-yil 22-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respub-
likasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonuniga
muvofiq «qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular bu
hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rta-
sidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiq-
laydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni
hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa
shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli
qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valu-
tasida ifodalanadi». Yuqorida qayd etilgan qonunga ko‘ra,
qimmatli qog‘ozlarga aksiyalar, obligatsiyalar, xazina majbu-
riyatlari, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, veksellar, shu-
ningdek, hosila qimmatli qog‘ozlar kiradi.
Horijiy davlatlarning me’yoriy hujjatlarida qimmatli qo-
g‘ozlar «hujjat egasining bunday hujjatni chiqargan shaxsga
nisbatan mulkiy huquqlarini yoki qarz munosabatlarini tasdiq-
lovchi pul hujjati sifatida» ancha qisqa ta’riflanadi.
Huquqiy nuqtayi nazardan, an’anaviy tarzda qimmatli
qog‘ozlar ancha keng ma’noda ko‘rib chiqiladi – ya’ni bular
«mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvi-
zitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib, ularni
taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish
yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi». Bu ma’noda
qimmatli qog‘ozlarga «quyidagilar kiradi: obligatsiyalar,
veksellar, cheklar, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, bank-
ning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftar-


6
chasi, qonosament hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli
qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar».
Shunday qilib, turli manbalarda, jumladan «Qimmatli
qog‘ozlar va fond birjalari to‘g‘risida»gi qonun hamda «Fu-
qarolik kodeksi»dagi qimmatli qog‘ozlarning ta’rifi bir-biri-
dan jiddiy tarzda farq qiladi.
Qimmatli qog‘ozlarni bundan ham keng ma’noda ko‘rib
chiqish mumkin. Yuqorida tilga olingan hujjatlardan tashqari,
yana shunday, qimmatli qog‘ozlarga tegishli bo‘lmasada,
lekin, ayrim iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, qimmatli qog‘oz-
lar, deb tan olinayotgan hujjatlar ham mavjud, chunki ular
ko‘pgina hozirgi ta’riflarda qimmatli qog‘ozlarning barcha
asosiy belgilarini o‘zida mujassamlantiradi. Gap, albatta,
pul haqida borayapti.
XX asrning 90-yillari o‘rtalarigacha qimmatli qog‘oz-
larning huquqiy asoslari haqidagi masala bu qadar keskin
turmagan edi. Bu shu narsa bilan izohlanadiki, o‘sha yilda
qimmatli qog‘ozlarning rivojlangan bozori yo‘q edi. Bundan
tashqari, qimmatli qog‘ozlar sovet siyosiy iqtisodiyot fanida
qalbaki kapital bilan bog‘lanardi, 90-yillargacha unga nis-
batan juda salbiy munosabatda bo‘lindi. Qimmatli qog‘oz-
larning boshqa yana bir qancha ta’riflari mavjud. Masalan,
odatiy qo‘llanishda ham, shuningdek, mutaxassislar ichida
ham qimmatli qog‘ozlarga nisbatan atamaviy chalkashlik
kuzatiladi: «qimmatli qog‘oz», «qimmatli qog‘oz sertifikati»,
«qimmatli qog‘ozga sertifikat», «qimmatli qog‘oz blanki»,
«sertifikat blanki» va h.k. An’anaviy rusiyzabon iqtisodiy
tushunchalar tizimida qimmatli qog‘ozlar deganda aynan
qog‘oz, ma’lum huquqiy munosabatlarni rasmiylashtiruvchi
hujjat tushuniladi. Iqtisodiy qonunlarning deyarli barcha
jumlalarida qimmatli qog‘oz – bu hujjat. Biroq jahon
amaliyoti bilan tanish bo‘lgan har bir mutaxassisga shu narsa
ma’lumki, rivojlangan mamlakatlarda katta miqdordagi
qimmatli qog‘ozlar aynan qog‘ozlar, blanklarni talab qilmay-


7
digan naqdsiz shaklda chiqariladi. Ushbu qimmatli qog‘oz-
larni chiqarish, hisobga olish va ularning harakati to‘liq
ixtisoslashtirilgan korxonalar va banklarning hisobraqamlari
bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishida amalga oshi-
riladi. O‘zbekistonda ham, masalan, aksiyalarning katta miq-
dori naqdsiz shaklda, shuningdek, keng tarqalgan davlat
qisqa muddatli obligatsiyalari esa, mutlaqo qog‘ozsiz shaklda
chiqariladi. Qimmatli qog‘ozlar – bu hujjat (blankli) shaklida
yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (depozitariylar)dagi hisob-
raqamlarda yozuvlar ko‘rinishida alohida usul bilan tasdiq-
lanadigan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qarz
yoki aksiyadorlik kapitali shaklida jalb etiladigan mablag‘larni
jalb qilish, qayta taqsimlash va qaytarib to‘lash sohasidagi
mulkiy hamda u bilan bog‘liq nomulkiy huquqlardir.
Mulkiy huquq – bu u bo‘yicha iqtisodiy o‘zaro muno-
sabatlar subyektlari mol-mulkka, tovar-moddiy boyliklariga,
pul mablag‘lariga da’vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan
huquqdir. Nomulkiy huquq – bu, masalan, aksiyadorning
kompaniyaning umumiy yig‘ilishida ovoz berish, emitentning
faoliyati haqida axborot berilishini talab qilish va h.k.
huquqidir.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə