O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix25.01.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#99306
1   2   3   4
qimmatli qogozlar bozori

ÁÁÊ: 65.262.2
Q 43
65.262.2
Q 43
Qimmatli qog‘ozlar bozori
: o‘quv qo‘llanma / Sh.Sh.Shoxa’zamiy
[va boshq.]; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi; O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. — Toshkent:
Noshir, 2012. 224 b.
ÓÄÊ: 796.42
1. Shoxa’zamiy Sh.Sh. KÁÊ: 65.262.2


3
1
Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz
farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Prezident Islom Karimovning 2010-
yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bagishlangan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan.
KIRISH
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari va
uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo‘nalishlarning belgilanishi,
ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkin-
lashtirish, mulkdorlar sinfini shakllantirishdan kelib chiqqan holda
bir qancha sohalarni, jumladan moliya va qimmatli qog‘ozlar
bozorini ham isloh qilishni taqozo etadi. Chunki, so‘nggi yillarda
jahonda hukm surgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz natijasida
dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarning iqtisodiyoti, jumladan
qimmatli qog‘ozlar bozori chuqur retsessiyani boshidan kechirdi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, rivojlangan mamlakatlarning
fond bozorida keskin pasayish ro‘y bergan bir paytda davlatimiz
olib borgan oqilona siyosat natijasida moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
va undan keyingi davrda O‘zbekiston iqtisodiyotida makroiqtisodiy
jihatdan barqaror o‘sish sur’atlari saqlanib qolindi. Ushbu fikrni
tasdiqlash uchun 2010-yil yakunlari bo‘yicha mamlakatimiz yalpi
ichki mahsuloti (YaIM)ning o‘sishi 108,5% ni tashkil etganligi
bilan izohlashimiz mumkin.
1
Ushbu barqarorlik qimmatli qog‘ozlar
bozorida ham kuzatildi.
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida qimmatli
qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish hamda ular faoli-
yatini isloh qilish, undagi barcha muammolarni bartaraf etishga
qaratilgan faoliyat olib borilmoqda. Moliya bozori, ayniqsa uning
qimmatli qog‘ozlar sektorini rivojlantirish davlatimizning strategik


4
1
I.Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni
bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2009-y.
ustuvor yo‘nalishlari sirasiga kiradi, xususan, “...jahon iqtisodiy
inqirozining oqibatlarini bartaraf etishda bank-moliya tizimini
mustahkamlash...”
1
ga doir vazifalarni amalga oshirish sohadagi
muhim masalalardan hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib shuni
aytishimiz mumkinki, qimmatli qog‘ozlar bozori — davlatning
iqtisodiy holatini baholaydigan muhim ko‘rsatkich, ya’ni barometr
hisoblanadi. Chunki aksariyat horijiy mamlakatlar moliya bozo-
rining aylanmasi ular iqtisodiyotining salmoqli qismiga to‘g‘ri
keladi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlaridagi
iqtisodiy ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga qimmatli
qog‘ozlar bozori fanidan mazkur o‘quv qo‘llanmani yaratishga
qaror qildik. Yaratilgan ushbu o‘quv qo‘llanma talabalarga qimmatli
qog‘ozlar bozori sohasidagi bilimlarni chuqur o‘rganishga xizmat
qilishiga va kelajakda ularni o‘z sohasining bilimdoni bo‘lib
yetishishlariga turtki bo‘luvchi qo‘llanmalardan biri bo‘lib qolishiga
umid qilamiz.


5

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə