Oʻzbekiston respublikasi


AMALIYOT O‘TASH REJA JADVALI



Yüklə 248,37 Kb.
səhifə2/12
tarix08.06.2023
ölçüsü248,37 Kb.
#116065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4 курс сиртқи амалиёт дафтари Гулистон

AMALIYOT O‘TASH REJA JADVALI





Amaliyot davomida bajariladigan ishlar

Ish kunlari taqsimoti

Reja

Haqiqiqatda


Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish

5





Viloyat (tuman, shahar) byudjeti xarajatlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish

5





Mahalliy byudjetlardan byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmini o‘rganish

5





Mahalliy byudjetlardan fuqarolar tashabbuslari asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish tartibini o‘rganish

5





Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va amaliyot daftarini rasmiylashtirish

4




Jami

24






* Eslatma: Talaba institutdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan maslahatlashgan holda, haftaning shanba kunlari o‘rgangan bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, ishlab chiqarish malakaviy amaliyoti to‘g‘risida amaliyot daftarida xulosalar yozadi.


Institutdan tayinlangan rahbar ______________________ _______
(ismi-sharifi) (imzo)


Amaliyot o‘tash joyidan tayinlagan rahbar ___________________ ________
(ismi-sharifi) (imzo)
1-mavzu. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


I.Kirish.
Men O’sarova Hurshida Suyunovna 17.04.2023 sanadan 21.04.2023 gacha Sirdaryo viloyati Guliston shaxardagi Moliya va Iqtisodiyot bo’limida malakaviy amaliyotim davrida Guliston shahar Moliya va Iqtisodiyot bo’limi xodimlari bilan muntazam ish olib bordim va bo’lim ichki tartib qoidalari bilan yaqindan tanishdim va o’rgandim. Guliston shahar Moliya bo’limida hisobotlar tayyorlash va ish jarayonlarida bevosita ishtirok qildim, bu orqali o’zimga malakaviy bilim oldim, chunki bu kasbga qiziqishim katta. Bildimki, Moliya tizimi iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taaluqli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga quyidagilar kirar ekan:

  1. Asosiy qism.

Ozbekiston Respublikasida aholining davlat hokimiyati organlari va sektorlariga bolgan ishonchini organish va faoliyatini monitoring qilish maqsadida Sirdaryo viloyati hududiy sektorlarning 2021 yil I-yarim yilligi davridagi faoliyati 3 ta yonalish, yani, aholi ortasida sorovnoma otkazish, 13 ta ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish korsatkichlari hamda sektor rahbarlari va kotiblarining ilm.argos.uz platformasi yordamida oz ustida ishlashi va bilim darajalarini sinash orqali organilib, mutasaddilar tomonidan baholandi.
Dastlab, viloyatdagi barcha hududlar qamrab olingan holda 236 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda har bir mahallada 10 nafardan ortiq (jami 2 549 nafar) fuqarolar bilan ijtimoiy anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi. O‘tkazilgan so‘rovnomalarda 11 ta tuman (shahar)larda jami 2 785 nafar respodentlar ishtirok etib, erkaklar 1 515 nafar (54,4%), ayollar 1 270 nafar (45,6%)ni tashkil etdi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qoniqish darajasi 66,0%ni (2020 yil yakunlari bo‘yicha 59,0% bo‘lgan) tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 7,0%ga o‘sgan. Fuqarolarning qaysi sektorga mansubligi o‘rganilganda, 2 141 nafar (84%) fuqarolar o‘zi yashayotgan hududga biriktirilgan sektorni bilishligi, 407 nafar (16%) fuqarolar esa bunday ma’lumotdan bexabar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, hududlar kesimida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining qoniqish darajasi eng yuqori Shirin shahrida (88,8%), Xovos tumanida (72,9%), Guliston shahrida (72,1%), qoniqish darajasi eng past ko‘rsatkich esa Oqoltin tumanida (54,0%), Guliston tumanida (55,8%) va Sardoba tumanida (58,1%) qayd etildi. Bundan tashqari, aholining 6 ta sohada, jumladan, aholining transport xizmatlaridan 14%, avtomobil yo‘llari sifatidan 29,5%, uy-joy kommunal xizmatlaridan 14,7%, suv ta’minoti xizmatlaridan 16,8%, elektr energiyasi xizmatidan 7,9%, gaz ta’minotidan 20,6% qoniqmasligi aniqlangan. Shunda ko‘ra, viloyatdagi sektor rahbarlari faoliyatlarining umumiy reytingida quyidagi o‘rinlarni egallashdi: Hududlardagi 1-sektor kesimida, ya’ni tuman (shahar) hokimlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich Shirin shahar, Oqoltin va Xovos tumani hokimlariga tegishli bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Guliston tumani va Yangiyer shahar hokimlariga to‘g‘ri keladi. 2-sektor bo‘yicha esa eng yaxshi ko‘rsatkich Shirin shahar, Mirzaobod va Sirdaryo tuman prokurorlariga tegishli bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Sayxunobod va Sardoba tuman prokurorlariga taalluqli. 3-sektorlarda eng yaxshi ko‘rsatkich Shirin shahar, Xovos va Boyovut tumani ichki ishlar bo‘limi boshliqlariga tegishli, eng past ko‘rsatkichlar esa Guliston va Oqoltin tuman IIB boshliqlariga tegishli bo‘lmoqda. 4-sektor rahbarlari ichida eng yaxshi ko‘rsatkich Shirin, Yangiyer shaharlari va Mirzaobod tuman inspeksiyalari boshliqlariga tegishli bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Guliston, va Boyovut tuman davlat soliq inspeksiyalariga tegishli hisoblanadi.
Viloyatdagi jami 44 ta sektorlar faoliyati yuzasidan tahlil qilinganda eng yaxshi natijalarni, ya’ni 1-5-o‘rinlarni Shirin shahar IIB boshlig‘i, Shirin shahar prokurori, Xovos tumani IIB boshlig‘i, Boyovut tumani IIB boshlig‘i, Oqoltin tumani hokimlari egallab turibdi. Qoniqarsiz 5 ta sektorlar ro‘yxatida esa Boyovut tuman DSI boshlig‘i (40-o‘rin), Sardoba tuman prokurori (41-o‘rin), Sayxunobod tuman prokurori (42-o‘rin), Guliston tumani DSI boshlig‘i (43-o‘rin) va eng oxirgi o‘rinni Guliston tuman hokimi (44-o‘rin) egallagan.
Viloyat tuman va shaharlari ixtisoslashuviga ko`ra chuqur tahlil qilinib, 4 sektorga bo`lindi. Viloyat davlat soliq boshqarmasiga Guliston hamda Mirzaobod tumanlari biriktirildi. “Yo`l xaritasi”ga asosan hududlar hokimlari tomonidan ushbu masala bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, 34 nafar xodimdan iborat ishchi guruhi shakllantirildi.
Joriy yilda hududimizda 98 loyiha amalga oshirilishi natijasida 11 mingga yaqin yangi ish o`rni yaratish rejalashtirilgan. Hududdagi 42 mahalla fuqarolar yig`inida 140 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Fuqarolarning mavjud 2 ming 970 gektar tomorqadan unumli foydalanishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. 2 tuman hududidagi 211 ehtiyojmand oilaga tijorat banklarining 637 million 600 ming so`mlik kredit mablag`i ajratildi. “Yo`l xaritasi”da belgilangan tadbirlar ijrosini ta`minlash, tomorqadan unumli foydalanish holatini o`rganish maqsadida shu yil 12 avgust kuni boshqarmaning maxsus hujjati qabul qilindi. Unga ko`ra, boshqarmaning 19 xodimi 33 ming 851 oilaga biriktirildi va ularga har bir oilaga kirib, tomorqadan, tijorat bankidan olingan kreditdan maqsadli foydalanishi hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o`rganishga alohida e`tibor qaratildi. Hududdagi bandlik bo`limlariga murojaat qilgan 1 ming 87 nafar fuqaroning 812 nafari ishga joylashtirildi. Hali ishsiz bo`lgan fuqarolar bandligini ta`minlash uchun ijrosini kutayotgan loyihalarni amalga oshirish talab etiladi. Hududimizda 12 ming 851 kilometrga yaqin ichki xo`jalik yo`llari mavjud bo`lib, o`rganishlar natijasida 42 mahallada 305 kilometrlik yo`l ta`mirtalab ekani aniqlandi va hozirga qadar 100 kilometrdan ziyod yo`l joriy ta`mirdan chiqarildi. Suyultirilgan gazga ehtiyoji bo`lgan xonadonlarning 17 ming 550 tasiga gaz ballonlari etkazildi. Elektr energiyasi ta`minotini yaxshilash maqsadida 21 mahalladagi 134 beton simyog`ochlar, 7 mahallada salkam 170 kilometr elektr o`tkazgich simlari almashtirildi, 12 transformator o`rnatildi. Korxona, tashkilot va muassasalar hamda aholining elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorligini bartaraf etishga ham alohida e`tibor qaratilmoqda. 14 milliard 154 million so`m elektr energiyasidan, 7 milliard 205 million so`mdan ortiq tabiiy gazdan qarzdorlik undirildi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytamanki, hozirgi kundagi moliya tizimi juda rivojlangan. Online shaklida yoki offline shaklida ishlash va savdo qilish biz uchun ancha qulaylik yaratdi. Chunki vaqtimiz tejaladi eng muhumi shu. Men amaliyot davrimda o’zimga tegishli ko’nikma va amaliyot darslarini oldim. Kasbimga nisbatan ancha o’zimda o’sish tendensiyasi rivojlandi deb ayta olaman. Amaliyot davrimda nazariy bilimlarim ham ancha yordam berdi. Nazariya bilimlarni amaliyotda qo’llash orqali bilimlarim yanada mustahkamlandi.

Yüklə 248,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə