O’zbеkistоn rеspublikаsi


Falsafa tarixida makon va vaqtga substantsional va relyatsion yondashuvlar



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə36/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

Falsafa tarixida makon va vaqtga substantsional va relyatsion yondashuvlar. Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o’z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o’tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko’lamli shakllar va ularni o’lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtayi nazaridan ham alohida e’tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog’liq ko’p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog’liq holda keladimi? Shu munosabat bilan falsafa tarixida shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo’nalish – substantsional va relyatsion yo’nalishlarni farqlash mumkin.
Substantsional yo’nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog’liq bo’lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida qaralgan. Substantsional kontseptsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo’yicha) va Platon (vaqtga nisbatan yondashuvlarda) makon va vaqtni materiyaga ham, bir-biriga ham bog’liq bo’lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida talqin qilganlar. Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo’shliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, bo’shliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy deb tasavvur qilgan va uni bo’shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va harakatsiz bo’ladi, vaqt esa bir tekis oqadi deb hisoblangan. Demokrit, Epikur va Lukretsiy Kar ta’limotiga ko’ra, makon ob’ektiv, bir xil va cheksiz. U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish mumkin –u o’tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt - voqealar yuz beruvchi joy. Qadimgi yunon faylasuflari materiya, harakat, makon va vaqtni mustaqil substantsiyalarga ajratuvchi bu g’oyalar keyinchalik Nyuton klassik mexanikasida rivojlantirildi. XVIII-XIX asrlarda substantsional kontseptsiya – mutlaq makon va vaqt kontseptsiyasi falsafada tabiatshunoslikda yetakchilik qildi. Bu o’z mohiyatiga ko’ra metafizik kontseptsiya edi, chunki u harakatlanuvchi materiya, makon va vaqtning aloqadorligini e’tiborga olmas edi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə