O’zbеkistоn rеspublikаsi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə37/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

Relyatsion (lot. relativus – nisbiy) yo’nalish makon va vaqtni mustaqil mohiyatlar sifatida emas, balki real dunyo ob’ektlari va jarayonlari o’rtasidagi alohida munosabatlar sifatida tushunish bilan bog’lanadi. «Vaqt nima?», degan savolga javob berar ekan, Aristotel Shunday mulohaza yuritadi: harakatda ham, vaqtda ham doim muayyan «oldin» va undan farq qiluvchi «keyin» mavjud. Aynan harakat tufayli biz har xil, o’zaro mos kelmaydigan «hozir»ni farqlaymiz. Vaqt Shu «hozir»ning ketma-ketligi, ularning almaShuvi, sanog’i, hisobi, «oldingi va keyingiga bog’langan harakatlar soni»dir. Aristotelda makon harakatsiz yulduzlar sohasi bilan cheklangan, ularning ortida – makon va vaqtdan tashqarida yotuvchi va hamma narsani harakatga keltiruvchi boqiy, harakatsiz, ilohiy osmon joylashgan.
Mazkur nuqtayi nazardan ko’rsatilgan munosabatlar doirasidan tashqarida makon va vaqt mavjud bo’lmaydi. Bu yo’nalishning atoqli namoyandasi G.Leybnits (1646-1716) hisoblanadi.
Makon va vaqt talqinidagi bu ikki tendentsiya, ya’ni makon va vaqt borliqning mustaqil, ob’ektiv hamda moddiy mazmunga bog’liq bo’lmagan asoslari sifatida yoki harakatlanuvchi materiyaning ajralmas qismi sifatida talqin qilish keyinchalik o’z rivojini to’di. Birinchi substantsional kontseptsiya ayrim o’zgarishlar bilan yigirma asrdan ko’proq davr amal qildi. Nyutonning materiya joylashadigan harakatsiz, uzluksiz va bir xil uch o’lchovli joy sifatidagi makon to’g’risidagi fikri o’z mohiyatiga ko’ra, Demokritning makon haqidagi g’oyalari bilan bir edi. Nyuton kontseptsiyasiga ko’ra, makon absolyut bo’lib, cheksiz ko’lamga ega. Shuning uchun u o’zida barcha materiyani sig’dira oladi va turli jarayonlarga bog’liq emas. Ushbu kontseptsiyaga ko’ra, vaqt ham absolyut bo’lib, turli o’zgarishlarga bog’liq bo’lmagan holda kechadigan teng davriylikdir. Unda barcha narsalar paydova yo’q bo’lib turadi. Muxtasar qilib aytganda, Nyuton makon va vaqt bir-biridan ajralgan va materiya bilan harakatga bog’liq bo’lmagan mustaqil narsa, deb tushungan.
Ijtimoiy makon va ijtimoiy vaqtda tarix vaqti va davr ruhining mutanosibligi. Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Bu insonning dunyoga munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o’ziga xos xususiyatlariga tarixiy bog’liq bo’lgan ijtimoiy makon to’g’risida so’z yuritish o’rinli bo’ladi. U alohida insoniy ma’no kasb etadi va biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o’rin oladi, Shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, o’zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari ko’rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko’lamli strukturalar o’z holicha, xatolik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolutsiyasi ob’ektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi va madaniyatini, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, ma’lum vaqt ruhini o’zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, o’zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o’z aksini to’adi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə