O„zbekiston respublikasi



Yüklə 316,67 Kb.
səhifə8/10
tarix30.12.2023
ölçüsü316,67 Kb.
#167702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3446cff9-77b3-4878-bda5-aa2d0add6f81 (1)

Xulosa va takliflar


“O'zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy resurslari, ularning manbalari, ishlatish yo‟nalishlari va samaradorligi” (Qashqadaryo viloyati Moliya boshqarmasi misolida) mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishini bajarish natijasida xulosa sifatida quyidagilarni keltiramiz:



  1. O'zbekiston Respublikasi budjet tizimi turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‟iari oluvchilar yig‟indisini, budjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, budjet jarayonida ular o‟rtasida, shuningdek budjetlar va budjet mablag‟iari oluvchilar o‟rtasida vujudga keladigan o‟zaro munosabatlarni o‟zida ifodalaydi.

Davlat budjeti:

  • Respublika budjetini;

  • Qoraqalpogiston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni o‟z ichiga oladi.

Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‟armalari jamlanadi.
Budjet tasnifi davlat budjet tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek, uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir.

  1. Budjet daromadlari davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismidan iborat bo‟lib, davlatning funksiya va vazifalarini bajarish uchun zarurdir.

Budjet daromadlari o‟zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‟lovlarning turlari, mablag‟larning tushish shakli, ularni budjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.
Soliqlar, to‟lovlar, yig‟imlar, bojlar va majburiy ajratmalar alohida shakllari va turlarining yig‟indisi budjet daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli sub‟ektlardan kelib tushadigan budjet daromadlari umumdavlat ehtiyojlarinin ta‟minlab, bir-biri bilan o‟zaro bog‟langandir.

  1. Davlatning o‟z funksiya va vazifalarini bajarishi bilan bog‟liq ravishda vujudga keladigan chiqimlar budjet xarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‟larini turli yo‟nalishlar bo‟yicha foydalanish jarayonida paydo bo‟ladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.

Budjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli-tuman ko‟rinishlari orqali namoyon bo‟ladi. Xarajatlarning har bir turi o‟zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega.
Budjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzimasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xo‟jalikning ehtiyojlariga bog‟liq hamda budjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste‟molning ba‟zi bir omillariga davlatning ta‟sirchanligini ta‟minlash kabilar bilan belgilanadi.

  1. Qashqadaryo viloyati budjet daromadlari tahlili ma‟lumotlaridan shu narsa ma‟lumki, mahalliy budjet daromadlarining asosiy qismini soliqlar tashkil etgan. Bunda hal qiluvchi rolni qo‟shilgan qiymat solig‟i, huquqiy shaxslardan olinadigan foyda solig‟i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‟i, obodonlashtirish

va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‟i, huquqiy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq o‟ynagan.

  1. Qashqadaryo viloyati budjet xarajatlari ijrosi tahlilidan ma‟lumki, budjet xarajatlarining katta qismi ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlariga to‟g‟ri keladi. Keyingi o‟rinlarda esa turmush farovonligini oshirish bilan bog‟liq xarajatlar hamda kapital qo‟yilmalar va loyihalashtirish xarajatlari turadi.

Yüklə 316,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə