O„zbekiston respublikasi



Yüklə 316,67 Kb.
səhifə1/10
tarix30.12.2023
ölçüsü316,67 Kb.
#167702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3446cff9-77b3-4878-bda5-aa2d0add6f81 (1)

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

“IQTISODIYOT” FAKULTETI


«BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT» KAFEDRASI



HIMOYAGA TAVSIYA ETILADI”
BH va A” kafedrasi mudiri
dots. O.Xushmuradov “
2013 yil

TASDIQLAYMAN”
Iqtisodiyot” fakulteti dekani
i.f.d. A.Xurramov 2013 yil

“O'zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy resurslari, ularning manbalari, ishlatish yo‟nalishlari va samaradorligi”


(Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi misolida) mavzusidagi


Bajardi:
“Moliya” ta‟lim yo„nalishi Bitiruvchi IV-kurs M-41 guruh
talabasi Saidov Sayyod Mahmud o‟gli

Ilmiy rahbar:
“O‟zsanoatqurishbank” OATB Qashqadaryo mintaqaviy filiali bosh
mutaxassis Amonov D.

Bitiruv malakaviy ishi kafedrada dastlabki himoyadan o„tdi 16-sonli 24 iyun 2013 yil


Qarshi-2013 yil


MUNDARIJA:
Kirish 3

  1. bob. O‟zbekiston Respublikasi budjet tizimi va moliyaviy resurslari 6

    1. O‟zbekiston Respublikasi budjet tizimi 6

    2. O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslari (budjet daromadlari)

va ularning tuzilmasi 8

  1. bob.O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo‟nalishlari (budjet xarajatlari) va ularning samaradorligi 11

    1. O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish

yo‟nalishlari (budjet xarajatlari) 11

    1. O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish samaradorligi 14

  1. bob. Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi misolida davlat moliyaviy resurslari, ishlatilish yo‟nalishlari va

samaradorligi 17

    1. Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi misolida davlat moliyaviy resurslari va ularning manbalari 17

    2. Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi misolida davlat moliyaviy

resurslarining ishlatilish yo‟nalishlari va samaradorligi 18
Xulosa 19
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati 21

KIRISH


2008 yilda AQSHda boshlangan jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi natijasida dunyoning ko‟plab mamlakatlari iqtisodiyotida keskin pasayishlar kuzatildi. YAIM hajmining tushib ketishi, davlat qarzlarining o‟sishi, ishsizlik darajasining oshishi kabi salbiy iqtisodiy holatlar inqirozlarning mamlakatga ta‟sir ko‟rsatayotganligidan dalolat berib turardi. Ammo O‟zbekiston borasida bu gaplarni aytish noo‟rindir. YAIM hajmining o‟sishi, davlat qarzining me‟yordandan ham pastiligi, inflatsiya darajasini me‟yorda tutib turilishi va yana bir nechta iqtisodiy ko‟rsatkichlar gapimizni isbotidir. Bunday natijaga esa mustaqillikka erishilgandan so‟ng iqtisodiyotda tub burilishga sabab bo‟lgan turli islohatlar va uzoqni o‟ylab puxta yuritilgan moliyaviy siyosat tufayli erishildi.
Davlat moliyaviy resurslarining o‟zbek xalqining mentalitetiga, uzoq asrlar davo-mida shakllangan urf-odatlarini hisobga olgan holda joylashtirilishi, xususan ijti-moiy sohaning o‟ziga davlat budjetining yarmidan ko‟pining sarflanishi bugunga kelib o‟z samarasini bermoqda.
Shu o‟rinda moliyaviy resurslar haqida so‟z yuritsak. Resurs iborasi fransuzcha “ressource” sozidan olingan bo‟lib „yordamchi vosita‟ ma‟nosini beradi. Moliyaviy resurs deganda esa pul mablag‟lari, qimmatliklar, ehtiyot zaxiralar, imkoniyatlar, daromad vositalari manbalarini anglatadigan vositalarni tushinishimiz mumkin.
Xo‟jalik subyektining moliyaviy resurslari uning tasarrufidagi pul mablaridan iborat bo‟ladi. Ushbu pul mablag‟lari ishlab chiqarishni rivojlantirishga, noishlab chiqarish obyektlaridan foydalanish va ularni rivojlantirishga, xodimlarning shaxsiy iste‟moliga hamda zaxira pullari sifatida foydalanishi mumkin.
Davlat moliyaviy resurslari deyilganda davlatning o‟z funksiya va vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‟lgan davlat ixtiyoridagi mablag‟lar tushiniladi.
Moliyaviy resurslar quyidagi turlarga bo‟linadi:

  • markazlashgan fondlar (mamlakat budjeti, budjetdan tashqari fondlari);

  • markazlashmagan fondler (korxonalar pul fondlari).

Davlat moliyaviy resurslarining shakllantirishi va sarflanishi davlat budjetida o‟z aksini topadi.
Moliyaviy resurslar masalasiga har bir mamlakatda alohida e‟tibor beriladi. Shu jumladan O‟zbekistonda ham davlat moliyaviy resurslarning shakllanishidan tartib sarflanishigacha bo‟lgan butun jarayon davlat tomonidan qattiq nazoratga olingan Bunday samarasi o‟laroq, «…2004-2008 yillar davomida mamlakatimizda YAIM hajmining dollar hisobida 2,6 barobar o‟sgani, YAIM hajmi aholi jon boshiga 2 barobardan ziyod oshgani, hech shubhasiz iqtisodiyotimizdagi tub o‟zgarishlar o‟zining amaliy samarasini berayotganini yaqqol isbotlab turibdi”1.
Shunga ko‟ra biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi





1 I.A.Karimov ,,Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni moderinizatsiya qilish va taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‟tarilish sari‟‟, T: ,,O‟zbekiston‟‟, 2010 y.
oqibatlarining ta‟sirini har tamonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta‟sirini nutai nazaridan shakllanishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqazo etiladi.
Hamon davlat budjeti daromadlar qismida eng muhim bo‟lgan ba‟zi soliq turlarini undirishda rejaning bajarilmasligi, xarajatlarning esa yildan yilga oshib borishi faoliyatni tashkil etishda mablag‟lar taqchilligini bartaraf etish hamda moliyaviy faoliyatini yaxshilash yuzasidan eng maqbul qarorlarini chiqarish imkonini bermaydi. Shuningdek, moliya budjet sohasida munosabatilarini barqarorlashtirishni davlat tomonidan tartibga solish usullarini takomillashtirish masalalari to‟liq hal etilmagan shu jihatdan tanlangan mavzu dolzarb hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi davlat moliyaviy resurslari shakllanishi va sarflanishi o‟rtasidagi moliyaviy munosabatlar shakllari va ularni takomillashtirishning nazariy asoslarini o‟rganishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishida qo‟yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar:

  • O‟zbekiston Respublikasi budjet tizimi va uning o‟ziga xos xususiyati, mohiyati va ahamiyatini o‟rganish;

  • O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslari, ulurning tuzilmasi, jamiyat hayoti va taraqqiyotidagi o‟rnini ochib berish;

  • O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslari ishlatish yo‟nalishlari, ularning mohiyati va xalq farovonligini oshirishdagi ahamiyatini o‟rganish;

  • Budjet tizimi, davlat moliyaviy resurslari, ularning ishlatilish yo‟nalishlari mohiyati to‟g‟risidagi nazariyalar asoschilari fikrlarini o‟rganib, ularni tahlil qilish;

Ilmiy yangiliklarni tashkil etuvchi eng muhim xulosa va takliflar quyidagilardan iborat:

      • O‟zbekiston Respublikasi budet tizimi yoritlib berildi;

      • O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslari, ularning tuzilmasi va jamiyat hayotidagi o‟rni ochib berildi;

      • O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarning ishlatilish yo‟nalishlari, mohiyati va xalq faravonligini oshirishdagi ahamiyati o‟rganildi;

      • Budjet tizimi, davlat moliyaviy resurslari, ularning ishlatilish yo‟nalishlari mohiyati to‟g‟risidagi nazariyalar asoschilarning fikrlari o‟rganilib, tashkil qilinadi.

Bitiruv malakaviy ishi predmeti bo‟lib davlat moliyaviy resurslari, ularning tuzilmasi, shakllanishi, ishlatilish yo‟nalishlari hisoblanadi.
Ilmiy izlanishlar jarayonida davlat moliyaviy resurslari, ularning manbalari va ishlatish yo‟nalishlarini mukammal o‟rganish maqsadida tadqiot obyekti Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasining ma‟lumotlari asos qilib olinadi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, mazmunan uzviy bog‟langan uchta bob,xulosalar, oltita jadval, adabiyotlar ro‟yxatini mujassamlashtirgan holda 181 betlik matnni tashkil etadi.

Yüklə 316,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə