Muhammad yusuf ijodida vatan tavsifi



Yüklə 40,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü40,71 Kb.
#183689
  1   2
muhammad-yusuf-ijodida-vatan-tavsifi



MUHAMMAD YUSUF IJODIDA VATAN TAVSIFI 
 
Raxmonova Donaxon Ruzimatovna 
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 
 
Abstract: 
Ushbu maqolada o‘zbek xalqining buyuk farzandi, O‘zbekiston xalq 
shoiri
 
Muhammad Yusuf boy ijodiy merosi hamda uning Vatan, yurt, millat haqidagi 
she’rlari talqini, ularning tarbiyaviy ahamiyati haqida firk-mulohazalar yuritiladi. 
 
Kalit so’zlar: 
Shoir, she’riyat, Vatan mavzusi, poetik mahorat, vatanparvarlik, 
soddalik, soddadillik, istiqlol, “O‘zbekiston”, tarix, kelajak, ohangdorlik, talmeh 
san’ati, lirik qahramon, qismat. 
DESCRIPTION OF THE FATHERLAND IN THE CREATION OF 
MUHAMMAD YUSUF 
Rakhmonova Donakhon Ruzimatovna 
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture 
Abstract:
This article discusses the rich creative legacy of the great son of the 
Uzbek people, the national poet of Uzbekistan Muhammad Yusuf, the interpretation of 
his poems about the Motherland, country, nation, and their educational significance. 
Keywords:
Poet, poetry, theme of the Motherland, poetic skill, patriotism, 
simplicity, simplicity, independence, "Uzbekistan", history, future, melody, art of 
talmeh, lyrical hero, fate. 
 
Vatan - bu insonning tugʻilib oʻsgan yeri, uning goʻdaklik chogʻidanoq mehr 
qoʻygan oʻchogʻi, mahallasi va qishlogʻi bilan taʼriflanadi. Vatan soʻzi arab tilida 
tugʻilib oʻsgan joy, ona yurt maʼnosini anglatadi. Vatanga muhabbat yuksak insoniy 
fazilat. Bu borada: “Vatanni sevmoq imondandir” hikmatini esga olishning oʻzi 
kifoyadir. 
Bizga maʼlumki, Vatanga boʻlgan muhabbat joy, makon va vaqt tanlamaydi. 
Vatan muzliklarda, sahrolarda, changalzorlarda boʻlishi mumkin. Bu tuygʻu inson 
tugʻilishi bilan vujudga kelib, vafot etishi bilan oʻz poyoniga yetadi. Vatanga mehr esa, 
ona suti bilan qalbga singadi. 
Ona-Vatanni ulug‘lash, madh etish o‘zbek adabiyotida ham azaliy odat sanaladi. 
Adabiyotimizning Usmon Nosir, Cho‘lpon, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov, Erkin 
Vohidov, Zulfiya, Halima Xudoyberdiyeva singari zabardast shoir va shoiralari ijodida 
Vatanga muhabbat, sadoqat, uni ulug‘lash kabi his-tuyg‘ular yetakchi rol o‘ynaydi. 
Keyingi avlod vakillari ijodida ham bu an’ana davom etganligini ko‘rishimiz mumkin.
"World of Philology" Scientific Journal / ISSN 2181-3620
Volume 1 Issue 2 / December 2022
89
http://wpjournal.dsmi-qf.uz


Ayniqsa, O‘zbek xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusuf she’riyatidagi davr 
ruhi, Vatan madhi, tanti xalqimizning sodda tabiati, bag‘rikengligi maromiga yetkazib 
ta’riflanadi. Shoirning “O‘zbekiston”, “O‘zbek”, “O‘zbekning ayollari”, 
“O‘zbekmomo”, “O‘zbek qizlari”, “Vatan”, “Vatan madhi”, “Vatan, yagonasan”, 
“Vatanni seving”, “Mening Vatanim”. “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” kabi 
she’rlari aynan Vatan mavzusida yozilgandir. 
Muhammad Yusuf she’riyatining eng oliy fazilati, bu uning sof va pok 
samimiyatida mujassamdir. Samimiyat, xalqona ruh uning she’rlarini jilolantirib, 
bezab, ularga betakror ko‘rku tarovat bag‘ishlaydi. Shoir ijodida bo‘y cho‘zib turgan 
muhtasham obraz - bu, albatta, Vatan obrazi, O‘zbekiston timsoli. Uning Vatanga 
muhabbati juda g‘aroyib... Muhammad Yusuf «yuragining Olampanohi bo‘lgan» 
Vatan haqida hamisha jo‘shib yozadi. U tom ma’noda Vatan kuychisi. Shoir nazarida, 
Vatanga muhabbat - Vatan uchun fido bo‘lmoqqa tayyor turish, o‘ziga hech narsa 
tilamaslik, buyuk sadoqat, ixlosdan iborat. 
Do‘stlar, og‘iz to‘ldirib Vatan 

Yüklə 40,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə