O’zbekiston respublikasi


Qo’shilgan va zaxira kapitallarini hisobga olish



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə52/63
tarix08.11.2018
ölçüsü2,41 Mb.
#79111
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63

11.2. Qo’shilgan va zaxira kapitallarini hisobga olish

Aksioner jamiyatlarida qo’shilgan kapitalning buxgalteriya hisobi 8400- «Qo’shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar» ning quyidagi: 8410-«Emissiya daromadi» va 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotlarida hisobga olinadi.

Ushbu schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalar bo’yicha nominal qiymatidan ortiq olingan, shuningdek, ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlarning mavjud summalarini va ularning harakatini umumlashtirish uchun tayinlangan.

8410-«Emissiya daromadi» schyotida aksiyalarni ta’sischilarga birlamchi sotishda nominal qiymatidan ortiqcha tushgan summa hisobga olinadi. Bu vaqtda 5010, 5110, 5210–schyotlar debetlanib, 8410-«Emissiya daromadi» schyoti kreditlanadi. Bu schyotning debetida o’z aksiyalarini sotib olishi va bekor qilishda tashkil bo’lgan salbiy farq summalarini qoplanishi aks ettiriladi. Bu vaqtda 8410 «Emissiya daromadi» schyoti debetlanib, 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – oddiy» va 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – imtiyozli» schyotlari kreditlanadi.

8410-«Emissiya daromadi» schyoti bo’yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalar bo’yicha alohida yuritiladi.

8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyoti ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun tayinlangan.

Ustav kapitalini shakllanishida valuta va valuta qimmatliklari ustav kapitaliga badal qo’yilgan vaqtdagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha baholanadi. Valuta va valuta qiymatliklari va boshqa mulklarning bahosi ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish paytidagi bahosidan farqlanishi mumkin. Bu vaqtda vujudga keladigan kursdagi farqi 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotida hisobga olinadi.

Baholar orasidagi ijobiy farq summasiga mulk, valuta va valuta qiymatliklarini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyoti kreditlanadi, salbiy farqi esa aksincha provodkalar bilan rasmiylashtiriladi. Baholardagi farqlarni shu tartibda hisobdan chiqarish ta’sis hujjatlarida kelishilgan ta’sischilarning ustav kapitalidagi ulushini o’zgartirmaslik imkoniyatini beradi.

Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga keladigan kurs farqlarining analitik hisobi, ochiq turdagi aksioner jamiyatining aksionerlari bilan olib boriladigan hisob –kitoblar hisobidan tashqari, har bir ta’sischilar bo’yicha yuritiladi.
Qo’shilgan kapital hisobi bo’yicha schyotlar korrespondensiyasi (8400)




Хo’jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlar korrespon-densiyasi

Yozuvni tasdiqlovchi

hujjatlar



Debet

Kredit

1

Aksiyalarning nominal qiymati bilan emission qiymati orasidagi farq summani qabul qilish

5110, 5010, 5020, 5210

8410

Kirim kassa orderi, bankning ko’chirmasi

2

Sotib olingan o’z aksiyalarini ikkilamchi sotishdan pul tushdi

5110, 5010, 5020, 5210

8610, 8620

Kirim kassa orderi, bankning ko’chirmasi

3

Sotib olingan aksiyalarini qayta sotishda sotib olgan narxdan kam sotilganligi uchun farqi emission daromad hisobidan qoplandi

8410

8610, 8620

Тa’sischilar qarori, bankning ko’chirmasi

4

Sotib olingan aksiyalarni bekor qilishda aksiyalarni nominal qiymati bilan sotib olish bahosi orasidagi salbiy farqi emission daromad hisobidan qoplandi

8410

8610, 8620

Тa’sischilar qarori

5

Ustav kapitalini shakllanishida kapitalni to’lash paytida vujudga kelgan ijobiy kurs farqi

4610, 4890

8420

Тa’sischilar qarori, bankning ko’chirmasi

6

Ustav kapitalini shakllanishida kapitalni to’lash paytida vujudga kelgan salbiy kurs farqi

8420

4610, 4890

Тa’sis xujatlari, buxgalteriya raschyoti

Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlari umumiy majlis qarori bo’yicha aksiyalarni nominal qiymatini ko’paytirish yoki qo’shimcha aksiyalar chiqarish yo’li bilan ustav kapitalini ko’paytirishlari mumkin. Sodir bo’lgan zararlarni qoplash uchun ustav kapitalini ko’paytirishga yo’l qo’yilmaydi. Aksionerlarning umumiy majlisi ustav kapitalini kamaytirish to’g’risida ham qaror qabul qilishi mumkin. Ustav kapitalini kamaytirish aksiyalarni nominal qiymatini kamaytirish yo’li bilan yoki aksiyalarni umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yo’li bilan bo’lishi mumkin. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatining ustav kapitalini kamaytirish jamiyatning barcha kreditorlarini ogohlantirgandan so’ng amalga oshiriladi.

Хo’jalik yurituvchi subyektlar o’zlarining sof foydasidan ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etishi mumkin. Zaxira kapitaliga har yili ustavda belgilangan miqdorgacha ajratiladi. Basharti amaldagi qonunchilik va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo’lsa, boshqa tijorat tashkilotlari ham zaxira kapitalini tashkil etishlari mumkin.

Zaxira kapitalining tayinlanishi – sodir bo’ladigan korxonaning balans zarari va boshqa to’lovlarini qoplashdir. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarida zaxira kapitalidan, foyda yetarli bo’lmagan yoki yo’q bo’lgan hollarda, imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash uchun ham foydalaniladi. Zaxira kapitalini to’ldirish uchun asosiy vositalarning indeksatsiya fondi summasi ham yo’naltiriladi.

Zaxira fondi harakatining hisobi 8500-«Zaxira kapitalini hisobga oluvchi schyotlar» ning quyidagi: 8510-«Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»; 8520-«Zaxira kapitali» va 8530-«Тekinga olingan mulk» schyotlarda hisobga olinadi

8510–schyotida mulklarni qaytadan baholash natijasida ularning qiymatini ortishi hisobga olinadi. Bu schyot passiv bo’lib mulklarni qayta baholash natijasida zaxira kapitalini tashkil etilishi va to’ldirilishi 8510-«Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotining kreditida aks ettirilib, tegishli qiymati ko’paytirilgan mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanadi.

Basharti qaytadan baholash natijasida mulklarning qiymati kamaytirilsa, xuddi shu mulk turi bo’yicha qaytadan baholash natijasida ortgan qiymati tugaguncha 8510 «Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. Undan ortiYoiga 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. 8510-schyotning qoldig’i balansda «Zaxira kapitali» moddasi bo’yicha ko’rsatiladi.

8510-«Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotining debetiga quyidagi hollarda yoziladi: qaytadan baholash natijasida mulklar qiymatini kamayishi; Qaytadan baholash natijasida uzoq muddatli investitsiya qiymatini kamayishini qoplash; korxonaning tugatilishida ta’sischilar orasida taqsimlanadigan summa. Bunda 8510-schyot debetlanib 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushi bo’yicha qarz» schyoti kreditlanadi.

8520-«Zaxira kapitali» schyotida xo’jalik yurituvchi subyektlar o’zlarining ta’sis xujjatlarida belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etilganda yoki to’ldirilganda aks ettiriladi. Bu vaqtda 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasischyoti debetlanib, 8520-«Zaxira kapitali» schyoti kreditlanadi.

Zaxira kapitalidan foydalanilishi 8520-«Zaxira kapitali» schyotining debetida aks ettiriladi. Masalan, aksioner jamiyatining dividend to’lash uchun foydasi yo’q bo’lsa, yoki yetmasa zaxira kapitali hisobidan dividendlar hisoblash bo’yicha quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8520-«Zaxira kapitali», Kt 6610-«Тo’lanadigan dividendlar» schyoti.

8530-«Тekinga olingan mulk» schyoti qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulklarni hisobga olish uchun tayinlangan.

Mol-mulk bepul olinganda, olingan mol-mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 8530 «Тeking olingan mulk» schyoti kreditlanadi. Bepul olingan mol-mulklar qiymati foyda (daromad)dan ajratma solig’iga tortiladi. Bepul olingan mol-mulkni soliqqa tortish tartibi O’zR Soliq Kodeksi bilan belgilanadi.




Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə