O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə79/129
tarix22.03.2024
ölçüsü1,29 Mb.
#181841
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

28. Oddiy qora tuproq - A-gorizonti 30-40 sm bo’lib, to’q tusli-suv yoki qora rangli, yaxshi ifodalangan donador va uvoqli-donador strukturali. Bu gorizont asta-sekin, qo’ng’ir tusli yoki to’q sur tusli va uvoqli, uvoqli-prizmagik strukturaga ega bo’lgan, V1- gorizontiga o’tadi. Oddiy qora tuproqlarda gumusli qatlam qalinligi, ko’pincha 65-80 sm ni tashkil etadi.
29. Janubiy qora tuproqlar - Dasht zonasining janubiy qismini egallaydi hamda bevosita to’q tusli kashtan tuproqlari bilan chegaralangan.
30. Tuproqni geografik rayonlashtirish. Tuproqlarni geografik rayonlashtirish printsiplari V.V.Dokuchaevning tuproqlarning yer yuzasida zonal tarqalish ta’limotiga asoslangan. V.V.Dokuchaev o’zining «Tabiiy zonalar haqida ta’limot» (1898 y) asarida tabiiy tuproq qoplamining gorizontal (kenglik) va vertikal (balandlik bo’ylab) yo’nalishda asta-sekin, bir-biri bilan almashinib borish qonuniyatlarini ochib berdi.
31. Tuproq fatsiyasi – tuproqlari o’zining temperatura rejimi va mavsumiy namlanishi bilan farq qiladigan tuproq zonasining bir qismi hisoblanadi. Tuproqlarning fatsiyalar bo’yicha tarqalishi avtomorf tuproqlar zonasida yaxshi o’rganilgan.
32. Tuproq provintsiyalari. Tekisliklardagi tuproq provintsiyalari deb, mahalliy tuproq hosil bo’lish xususiyatlari bilan farqlanadigan tuproq zona yoki zonachasining bir qismiga aytiladi. Tog’li o’lkalardagi yirik taksonomik birlik sifatida, tuproq provintsiyadari vertikal tuproq zonalarining yirik strukturasini o’z ichiga oladi. Tuproq qoplamining provintsial xususiyatlari dehqonchilikning mahalliy zonal sistemasini ishlab chiqishini talab etadi.
33. Tuproq okrugi – tuproq provintsiyasining bir qismi bo’lib, tuproq paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi omillar: joyning relьefi, iklimi, o’simliklar tarkibi, gidrogeologik singari sharoitlarning o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
34. Tuproq rayoni – tuproq okrugining bir qismi bo’lib, tuproq qoplamini ancha bir xilligi bilan ajralib turadi, hamda tuproqning samarali unumdorligini oshirishga qaratilgan deyarli bir xildagi tadbirlarni olib borishini talab etadi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə