O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb -



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə76/129
tarix22.03.2024
ölçüsü1,29 Mb.
#181841
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

12. Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb - nurash mahsulotlarning yomg’ir va erigan qor suvlari ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog’ yonbag’irlariga keltirilib, to’planishidan hosil bo’ladigan yotqiziqlarga aytiladi. Delyuviy mamlakatimizning turli rayonlari (jumladan, O’rta Osiyo) dagi suv ayirg’ichlarning yon bag’irlari va daryo vodiylarining yuqori terrasalarini qoplagan.
13. Kollyuvial jinslar va kollyuviy – tog’ yon bag’irlari va tog’ etaklarida sochilib va o’yilib yotgan holdagi turli mexanikaviy tarkibli yotqiziqlardir. Bu jinslar O’rta Osiyo va Kavkazning tog’li o’lkalarida ko’p tarqalgan. Ko’pinchi kollyuviy bilan birga uchraydi. Bunday aralash jinslarni delyuvial kollyuvial yotqiziqlar gruppasiga kiritiladi.
14. Soliflyuktsiya yotqiziqlari - doimiy muzlagan yerlarda tarqalgan soliflyuktsiya jarayonlar, ya’ni suv o’tkazmaydigan abadiy muz qatlam yuzasi bo’ylab erigan suv bilan to’yingan jinslarning nishabliklar bo’ylab oqib tushishidan hosil bo’ladi. Bu jinslarning mexanik tarkibi xilma-xil bo’lib, ko’pincha ularda yirik xarsanglar va qirrali toshlar aralashgan bo’ladi. Odatda qatlamsiz, ancha zich bo’lishi bilan xarakterlanadi.
15. Allyuvial yotqiziqlar yoki allyuviy - doimiy oqar suvlar-daryolar faoliyati bilan bog’liq yotqiziqlardir. Toshqinlar natijasida daryo sohillari va daryo bo’ylarida ko’p to’planadi. Allyuvial yotqiziqlar qatlamli ekanligi va yaxshi saralanganligi bilan, ko’pincha sohil allyuviysi uchun gorizontal, o’zan allyuviysiga qing’ir-qiyshiq qatlamli tuzilish harakterli. Sohil allyuviysi asosan qumoq va soz jinslardan iborat bo’lib, qoldiq qayirlarda organik moddalarga boy allyuviy to’planadi. O’zan allyuviysi odatda turli o’lchamli zarrachalardan iborat qumdan tashkil topgan.
16. Ko’l-allyuvial yotqiziqlar - ko’l va allyuviy jinslardan tashkil topgan. Bu jinslar bahorda erigan muz suvlarining pastqam tekisliklaridagi havzalarida hosil bo’ladi. Ko’l-allyuvial yotqiziqlarning mexanik tarkibi xilma-xil, asosan qumli va gorizontal qatlamli tuzilishlidir. Ana shunday jinslar Polesьe, Meshchersk, G’arbiy Sibirь singari pasttekisliklarda keng tarqalgan.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə