O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi andijon davlat universiteti Ona tili va tillarga o’qitish ta`lim yo`nalishi



Yüklə 122,77 Kb.
səhifə4/16
tarix22.03.2024
ölçüsü122,77 Kb.
#183421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Azimova Maftunaning Hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan-fayllar.org

1.3. Matn birliklari
Ma’lumki , har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlar, muayyan birliklardan iborat bo’ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni bo’laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb hisoblanishi borasida ancha - muncha munozaralar mavjud. Bu aslida unday emas, shuning uchun ham bu masalada matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida jud ko’p va farqli fikrlar mavjud.
Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi emas deb hisoblaydilar. Masalan, I. R. Galperin gap emas, balki bir qator gaplarni birlashtiradigan nisbatan yirik butunlik – frazadan kata butunlik matn birligi bo’la olishini aytadi. U gap ana shunday butunlikda constituent sifadida ishtirok etishini, frazadan kata butunlikning tarkibiy qismi bo’lgan gap bir paytning o’zida yahlit matnning ham tarkibiy qismi bo’la olmasligini ta’kidlaydi33.
Ayni shu frazadan katta butunlikni matnning asosiy birligi sifatida baholash deyarli tilshunosliklarda keng tarqalganligini ta’kidlash mumkin. Bu termin orqali ifodalangan tushuncha turli tilshunoslar tomonidan turlicha nomlanadi, ya’ni mazkur terminning bir qancha sinonimlari mavjud. Masalan: ”frzadan kata butunlik (O. S. Axmanova), “murakkab sintaktik butunlik’’(A. M. Peshkovskiy, N. S. Pospelov), ”matn komponenti’’ (I. A. Figurovskiy) va hokazo.
O’zbek tilshunosligida ham mazkur tushunchani ifodalash uchun bir qator farqli terminlar qo’llanilmoqda. Masalan, A. Mamajonov dastlab “yirik sintaktik birlik’’ terminini qo’llagan bo’lsa, keyinroq “superfrazali sintaktik birlik’’ terminidan foydalanadi. Matnning stilistik muammolariga alohida e’tibor bilan qaragan I. Rasulov va H. Rustamovlar esa “murakkab sintaktik butunlik ‘’ terminini ma’qul ko’radilar34. O’zbek matnidagi ana shunday birliklarni monografik tarzda tadqiq etgan M. Abdupattoyev “supersintaktik butunliklar’’ terminini qollashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi35. Bu atama hodisa mohiyatini ancha to’g’ri va xolis aks ettiradigan atama sifatida, shubhasiz, matnning asosiy birligidir.
O’zbek tilshunosligida matn tadqiqiga bag’ishlangan ishlarning aksaryatida matn birliklari haqida gap ketganda, shunday birliklar sifatida, asosan, jumla, murakkab sintaktik butunlik va abzats sanab o’tiladi. Olimlar keyingi yillardagi ishlarida abzatsni ajratib ko’rsatuvchi mazkur ochiq joy orni abzatslar o’rtasida bir qator tashlab ketish usulidan foydalanish ham kuzatilayotganini aytadi.
Abzats yangi fikrlar qatorining ko’rsatkichi sifatida xizmat qiladi; abzats ichida mustaqil gaplar bilan ifodalangan fikrlar mazmunan birlashgan bo’ladi va muayyan kichik mavzuni rivojlantiradi. Bir necha gap yoki hatto bitta gapni alohida abzats sifatida ajratish bu gaplarga muayyan salmoq baxsh etadi, bunday ajratish muallif tomonidan o’z maqsadiga bog’liq tarzda amalga oshiriladi. I. R. Galperin ham abzats xuddi tinish belgilari kabi matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni alohida ta’kidlab ko’rsatsh uchun xizmat qiladigan vosita kompozitsion-grafik usul ekanligini asoslagan36.
Ana shulardan kelib chiqilsa, abzatsni matn birligi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq emasligi ayon bo’ladi.Ammo yozma matnda abzats degan hodisa bor, uni o’rganish kerak. Faqat abzatsni yozma nutqdagi matn birligi sifatida emas, balki yozma matndagi o’ziga xos kompozitsion - stilistik usul tarzida tadqiq etish xolis ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Yuqoridagi fikrlarga asoslahgan holda shuni aytish mumkinki, supersintaktik birlik va gapni matnning asosiy birliklari deb hisoblash maqsadga muvofiq bo’ladi.


Yüklə 122,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə