O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi koson tuman xalq ta`limi bo`limi koson tumani 18-umumiy o`rta ta`lim



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#135134
1   2   3   4
9 sinf ko\'z va ko\'rish

Linzalar


botiq

qavariq


III Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzu rejasi:

  • 1 Ko’zning tuzulishi.

  • 2 Ko’rish.

  • 3 Ko’rishdagi defektlar. Ko’zoynak.

  • 4 Masalalar yachish.

  • Ko’zning tuzulishi

  • Ko’z sharining tashqi qobig’I sklera, shaffof old qismi shoh parda. Sklera ichki tomonidan tomirli qobiq bilan qoplangan.Tomirli qobiqning old qismi kamalak qobiqqa tutashgan. Uning o’rtasida doirasimon teshik-qorachiq mavjud.Tomirli qobiq ostida to’r parda bo’lib zich joylashgan nerv tolalarining uchlaridan iborat. Kamalak qobiq ortida shaffof jism –gavhar joylashgan bo’lib unga tutashgan maxsus muskullar gavharning egrilik radiusini o’zgartirib turadi.Shoh parda bilan gavhar oralig’ida rangsiz suvsimon suyuqlik bilan to’ldirilgan. Gavhar bilan to’r parda oraligida shishasimon jism tashkil etadi. Gavhar ikkiyoqlama qavariq linza bo’lib, nur sindirish ko’rsatgichi 1,5 ga teng



  • Buyumga qaralganda undan kelayotgan nur ko’zga tushadi va to’r pardada buyumning haqiqiy, kichiklashgan va to’nkarilgan tasviri hosil bo’ladi. Tur pardadagi nur tolalari buyumning shakli va rangi haqida informatsiyani miyaga uzatadi. Shu tariqa odam mazkur buyumning shakli va rangini sezadi.

  • Yorug’lik nurini sindirib o’tkazishda , ko’z gavhari muhim o’rin tutadi. Yaqindagi buyumlarni ko’rganimizda gavhar qalinlashadi. Uzoqdagi buyumlarga qaraganimizda esa yassilashadi. Gavhar shaklining bunday o’zgarishi –akkomodatsiya deyiladi. Akkomodatsiya ko’zning uzoqni va yaqinni ko’rish qobiliyatini ta’minlaydi.

  • Ko’rish o’tkirligi normal bo’lgan odam 60 sekundda burchak hosil qilibjoylashgan ikkita nuqtani yaqqol aniqlay oladi. Ko’rish o’tkirligi maxsus Golovin jadvali yordamida aniqlanadi. Ko’rish qobiliyatini saqlash uchun:

  • -yorug’lik yetarli bo’lib, chap tomondan tushushi, kitob daftarlarni 30-40 sm masofada tutib,o’qish va yozishda har 15 minutda ko’zga dam berish,uzoq vaqt televizor ko’rmaslik va kompyuterda ishlamaslik,ko’zni quyosh nuridan, changdan saqlash lozim.

  • me’yorda ko’ruvchi odam ko’zida buyum tasviri to’r pardada hosil bo’ladi

  • Katta yoshdagi odamlar o’qish va yozishda qiynalishadi. Bunday odam ko’zida buyum tasviri to’r pardadan nariroqda hosil bo’ladi va chaplashibroq ko’rinadi. Bunday ko’z uzoqdan ko’rarlik deyiladi.

  • Uzoqdan ko’rarlik ko’zlarda fokus masofasi me’yordan katta, ya’ni optik kuchi kichikroq bo’ladi. Ko’rishni yaxshilash uchun qavariq linzali ko’zoynakdan foydalaniladi. Ko’zoynakdagi optik kuchi musbat bo’lgan linza tasvirni to’r parda tomon surib beradi.natijada bunday ko’zoynak yordamida odam buyumni me’yordagi ko’z kabi yaxshi ko’radi.

  • Ayrim odamlar uzoqni yomon ko’radi. Bunday odamlar ko’zida uzoqdagi buyum tasviri to’r pardadan beriroqda hosil bo’ladi va buyumlar chaplashibroq ko’rinadi bunday ko’z yaqindan ko’rarlik deyiladi. Yaqindan ko’rarlik ko’zlarda gavharning fokus masofasi me’yordan kam, ya’ni optik kuchi kattaroq bo’ladi. Ko’rishni yaxshilash uchun botiq linzali ko’zoynakdan foydalaniladi. Ko’zoynakdagi optik kuchi manfiy bo’lgan bunday linza tasvirni to’r parda tomon surib beradi.


IV Mustahkamlash: Savol-javob, “Bingo”,“Rebus”, masalalar yechish.


V O’quvchilarni rahbatlantirish va baholash: “Eng faol” “Eng bilimdon” “Eng zukko” “Eng iqtidorli” “Eng ijodkor” “Eng tashkilotchi” “Eng chaqqon”
VI Uyga vazifa berish : Mavzuni o’qib o’rganish, 5ta test tuzish
a vazifa: mavzuni o’qib o’rganish,
5ta test tuzib kelish
Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə