Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə19/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

KORRЕKSION TADBIRLAR

BOʻSHASHISHGA VA OʻZ TANAMIZNI YAXSHIROQ HIS QILISHGA OʻRGANAMIZ
Barcha oʻyinlarda esda tutish muhim: quchoqlash – har qanday yoshdagi
bola uchun eng yaxshi psixologik “davolash”dir!


“Achomlashish”
Maqsad. Oilaning guruhning hissiy jipslashishi, tana sezgilari orqali
ancha chuqur hissiy aloqani oʻrnatish.
Oʻyin bayoni. Bitta ishtirokchi boshqasini muloyimlik bilan achomlaydi,
uchinchisi bu juftlikni achomlaydi, keyingisi bu uchtani quchoqlaydi. Bu
barcha bitta katta quchoq hosil boʻlguniga qadar davom etadi.
Koʻrsatma. "Hozir biz Sizlar bilan barchamiz birgalikda achomlashishni
sinab koʻramiz. Buning uchun avval ikki kishi achomlashadi, endi unga
uchinchisi qoʻshiladi, keyin toʻrtinchisi va h.k.. Kelinglar, boshlaymiz!”

“Ushlab koʻrish”
Maqsad. Teginish orqali boshqa odamni his qilish qobiliyatini
rivojlantirish.
Oʻyin bayoni. Ishtirokchilardan biri aylananing markazidagi stolda
oʻtiradi, uning koʻzlari yumilgan boʻladi. Uchta bola navbatma-navbat kelib,
uning qoʻllariga tegib koʻradilar. Oʻtirgan unga aynan kim teginganini
aniqlashi kerak.
Koʻrsatma. “Hozir biz Sizlar bilan teginish orqali bir-birimizni
taniymiz. Bir kishi doira markazida oʻtiradi, uni koʻzlarini bogʻlaymiz.
E’tiborli boʻling, endi oʻyinning barcha ishtirokchilari sizga navbat bilan
tegishadi. Sening vazifang – senga kim teginganini taxmin qilish va
ismini aytib berishdir".

“Pitsa tayyorlaymiz”
Maqsad. Jismoniy va hissiy zoʻriqishni olib tashlash.
Oʻyin bayoni. Siz bolani pitstsa tayyorlayotganingiz kabi massaj qilishingiz
mumkin. Avval “xamir”ni pishitasiz: yaxshilab, yaxshilab, orqaning har bir
boʻlagini ehtiyotkorlik bilan massaj qiling, soʻngra katta zuvala yasaydilar
va qiymasini qiladilar. Pitstsa tayyor boʻlgach, uni "gaz plitani duxovkasi" ga yuborishadi: massaj qilgan kishi kaftlarini silaydi va ularni sherikning orqasiga kurak oʻrtasiga qoʻyadi. Bir daqiqa davomida u "pitstsani pishiradi" –
qoʻllarini doʻstining orqasida ushlab turadi.
Koʻrsatma. Massaj qilayotganda, pitstsa haqida gapiring: "Hozir sen men
pitstsa pishiradigan “xamir” boʻlasan (yelka mushaklarini shoshmasdan oʻz
harakatlaringizni chuqurlashtirgancha, sekin-ata va yelkaning har bir
qismini yaxshilab silagancha ehtiyotkorlik bilan yumshoq uqalashdan
boshlang). Axir, birorta kesakchasiz yumshoq, elastik xamir tayyorlash kerak!” Keyin “katta zuvala” yasang va bolalardan nima solishni xohlayotganlarini soʻragancha “qiymani” tayyorlang. Qachonki masalliq tayyor boʻlgach, oʻz kaftlaringizni qizib ketguncha ishqalang va ularni kurak oʻrtasidagi sohaga qoʻyib, bir daqiqa ushlab turing ".
Ob-havo sultoni”

Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə