Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə21/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 1-rasm.
Maqsad. Barcha uchun umumiy boʻlgan ertak elementlari uchun asoslangan
voqeani yaratgancha biz bu dunyoda oʻz shaxsiy yoʻlimizni va bu yoʻlda duch
keladigan qiyinchilik va toʻsiqlarni qanday yengishimizni koʻrishimiz
mumkin.
Oʻyin bayoni. Tegishli boʻlgan madaniyatidan qat’i nazar barcha ertaklar olti
qadamdan iborat tuzilmadan foydanadi:

  1. Qahramon paydo boʻladi.

  2. Qahramon qandaydir missiyani bajarish yoki kim yoki nima bilandir jang qilish uchun safarga yoʻl oladi.

  3. Qahramon yordamchilarni uchratadi.

  4. Qahramon toʻsiqlar bilan toʻqnash keladi.

  5. Qahramon toʻsiqlarni yengib oʻtadi.

  6. Hikoyaning yakuni.

Sizga oʻquvchi bilan oʻz ertagingizni oʻylab topishingiz kerak boʻladi.
Koʻrsatma. Yuqorida tavsiflangan ketma-ketlikka rioya qilgancha bola bilan navbatma-navbat ertak toʻqing. Qahramon sifatida u chiqadi, toʻsiqlar psixologik jihatdan jarohatlovchi vaziyat bilan bogʻliq boʻlgan narsa.
Ertakning asosiy lahzalari: rasmlarni hikoyaning qaysi qismi tushganiga
qarab, navbat bilan bajarish mumkin. Kattalarning vazifasi – ertakni
ijobiy xulosa bilan yakunlash.
1-rasm. Ertak qahramonining vazifasi nima.
2-rasm. Safarda qahramonga kim yoki nima yordam beradi.
3-rasm. Qahramon yengib oʻtishi kerak boʻlgan toʻsiqlar yoki
qiyinchiliklar (ertak tugaganidan keyin ularni yirtib tashlash yoki yoqib
yuborish mumkin).
4-rasm. Qahramon toʻsiqlarni qanday yengib oʻtayotganligi
toʻgʻrisidagi rasm.
Har bir rasm bizga inqirozni yengib oʻtish strategiyalari haqida
ma’lumot beradi. Agar, masalan, qahramon – feya boʻlsa, unda ehtimol
tasavvurdan foydalanishga ishora qiladi. Safarning maqsadi ma’lum
hayotiy qadriyatlar va e’tiqodlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Toʻsiqlarning nechogʻli katta va noxush boʻlib tuyulayotganligini (bola qanday ranglarni tanlayotganiga e’tibor qarating) payqash kerak.
Yordam toʻsiqlar singari, ichki e’tiqod yoki jamiyat bilan bogʻliq
ravishda haqiqiy yoki xayoliy boʻlishi mumkin. Tarixda koʻpincha
foydalaniladigan inqirozli vaziyatlarni yengish usullari real hayotda ham
shunday boʻladi.

Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə