Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Koʻkrak ustida qovushtirilgan qoʻllar



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə30/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

Koʻkrak ustida qovushtirilgan qoʻllar - dushmanlik, badgumonlik ustanovkasi.
Qoʻllar orqada - yon bosishni, kompromissga borishni (hatto doʻstlari bilan ham) xohlamaslik. Tajovuzkorlik, dushmanchilik mayllari namoyon boʻlishini nazorat qilishga moyillik.
Uzun va muskulli qoʻllar - subyekt kompensatsiya sifatida jismoniy kuchga, mardlikka, epchilikka muhtoj.
Haddan ziyod uzun qoʻllar - haddan tashqari izzat-nafslilik (ambitsioz) intilishlari.
Qoʻllar boʻshashgan va egiluvchan - shaxslararo munosabatlarda yaxshi moslasha olish.
Qoʻllar taranglashgan va tanaga birlashib ketgan - lapashanglik, rigidlik.
Qoʻllar juda qisqa tasvirlansa - intilishning mavjud emasligi noadekvatlik hissi bilan birgalikda.
Qoʻllar haddan tashqari katta boʻlsa - ijtimoiy munosabatlarga yaxshiroq moslashishga boʻlgan kuchli ehtiyoj, noadekvatlik hissi va impulьsiv xatti-harakatga boʻlgan moyillik bilan birga keladi.
Qoʻllar mavjud boʻlmasa - intellekt yuqori boʻlishi bilan bir vaqtda noadekvatlik hissi.
Chap tomondagi qoʻl yoki oyoqqa urgʻu berilgan boʻlsa, ularning shakli buzib chizilgan boʻlsa - ijtimoiy darajadagi nizo.
Erkaklardagi qoʻl va oyoqlarning kattaligi - qoʻpollik, dagʻallik.
Uzun qoʻllar - nimagadir erishish xohishi.
Oxiriga borib noziklashadigan qoʻllar va oyoqlar - nazokat (ayollarga xoslik).
Uzun qoʻllar - nimagadir erishish, nimanidir qoʻlga kiritish xohishi.
Uzun va nimjon qoʻllar - bogʻliqlik, vasiylikka ehtiyoj.
Ikki tarafga choʻzilgan, nimadir olayoggan qoʻllar taskirlansa - tobelik, muhabbat va bogʻliqlik istagi.
Yon tarafga choʻzilgan qoʻllar - ijtimoiy aloqalardagi qiyinchilikdir, tajovuzkor impulьslar oldidagi qoʻrquv.
Kuchli qoʻllar - tajovuzkorlik, gʻayratlilik.
Nozik, nimjon qoʻllar - erishilgan natijadan qoniqmaslik hissi.
Boksyor koʻlqopiga oʻxshash qoʻllar - siqib chiqarilgan tajovuzkorlik.
Qoʻllar orqada yoki choʻntakda tasvirlansa - aybdorlik hissi, oʻziga ishonmaslik.

Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə