O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə101/115
tarix12.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#105137
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115
hkjhk

Tayanch iboralar:
Daromad. Aholi daromadlari. Nominal daromad. Real daromad. Ixtiyorida bo`lgan daromad. Ish haqi. Vaqtbay ish haqi. Ishbay ish haqi. Nominal ish haqi. Real ish haqi. Ijtimoiy to`lovlar. Ijtimoiy siyosat.
1.Bozor iqtisodiyoti va taqsimlash munosabatlari.
Bozor iqtisodiyotining insonparvarligi shundaki, u inson farovonligini ta'minlash, unga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish maqsadlarini ko`zlaydi. Bu maqsadlar bozor iqtisodiyotining ilk va rivojlangan davrida turli darajada amalga oshadi.
Madaniylashgan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida farovonlik yo`l-yo`lakay emas, balki maqsadlardan biri sifatida maydonga chiqadi. Bu bosqichda ikki omil tufayli iqtisodiyotning ommaviy farovonlikdan iborat ijtimoiy yo`nalishi vujudga keladi.
1. Bozor mexanizmi iqtisodiy taraqqiyotni yuksak darajaga ko`taradi, natijada tovarlar va xizmatlar o`zining miqdori va sifati bilan hammaning farovon yashashi uchun yetarli bo`ladi.
2.Aholining ko`pchiligi mulk egasiga aylanadi. Mehnat axlining mulkdorlarga aylanishi iqtisodiyotni insoniylik tamoyiliga bo`ysundiradi, unga aniq ijtimoiy yo`nalish baxsh etadi. Mehnat ahli ham o`z kuchidan, ham o`z mulkidan daromad topib farovon yashash imkoniga ega bo`ladi.
Keng ma'noda daromad iqtisodiyot sub'ektlari ixtiyoriga kelgan pul tushumidir. Mohiyati jihatidan daromad iqtisodiyot sub'ektlarining yalpi milliy maxsulotdagi hissasi bo`lib, pul shaklida ifoda etiladi.
Daromadlarning hosil bo`lishi taqsimot qonuniga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotida amal qiladigan taqsimot qonuniga kura kishilar iqtisodiyot sub'ektlari sifatida jamiyatda yaratilgan maxsulot va xizmatlardagi o`z ulushini resurslarni nakadar samarali ishlatishlariga qarab daromad shaklida oladilar.
Daromadlar tarkiban har xil, uni shaxsiy daromad, firma daromadi, davlat daromadi tashkil etadi.
Har bir kishi iste'mol etadigan buyumlarning ekvivalenti bo`lgan pul daromadi - taqsimot kategoriyasidir. Daromad olish uchun resurslarning faqat moddiy sohada amal qilishi shart emas, ular nomoddiy ishlab chiqarishda, turli xizmatlar yaratishda ishtiroq etsalar ham, ularning egalari daromad olishga haqlidir, chunki bu bilan ham jamiyat ehtiyoji qondiriladi.Taqsimot qonuniga binoan ish kuchi soxibi ish haqi oladi, kapital egasi foyda, pul egasi protsent va divident oladi, yer egasi renta oladi, menejer ham foyda ham ish haqi oladi, o`tmishdagi mehnat va xizmatlari uchun nafaqa to`lanadi. Lekin aholi bu daromadlarni o`z xizmatining salmog`iga qarab oladi.Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to`g`ri keladigan o`rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o`rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o`rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo`ladi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi ham daromadlardagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorents egri chizig`idan foydalaniladi.


100 E
Amaldagi taqsimlanish
80 D


60 S


40 V Mutloq tengsizlik


20 A
Amallar foizi
0 20 40 60 80 100
"Oilalar ulushi" yotiq chiziqda, "daromadlar ulushi" esa tik chizikda joylashgan.Nazariy jihatdan daromadlarning mutlok teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo`luvchi) chizikda ifodalangan bo`lib, u oilalarning har qanday tegishli foizini daromadlarning mos keluvchi foizi olishini ko`rsatadi.20% oilalarning barcha daromadlarning 20%, 40%-40%, 60%-60% daromadlarning olishini bildiradi va h.k.
Mutlaq tenglikni ifodolovchi chiziq va Lorents egri chizig`i o`rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida iqtisodiy barqarorlik tufayli qarab chiqilgan bu ko`rsatkich o`sish tamoyiliga ega bo`ladi.
Umumiy daromadning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan birga boradi.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə