O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti Sirtqi bo’limi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/8
tarix30.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#99766
  1   2   3   4   5   6   7   8
Rozzoqova Saida OTO\'M kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Urganch davlat universiteti Sirtqi bo’limi
Boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish” yo’nalishi
193-guruhi talabasi Rozzoqova Saidaning
Ona tili o’qitish metodikasidan


Mavzu: Boshlang’ich sinflarda tekshiruv diktanti va
uni tashkil etish.

Topshirdi: Raimboyeva M.
Qabul qildi: Tilavova M.

Urganch-2023


BOSHLANG'ICH SINFLARDA GAP MAVZUSINI O'RGATISH METODIKASI


KIRISH.


ASOSIY QISM.
1. BOSHLANG'ICH SINFLARDA MAVZUSINI O'RGATISH METODIKASI.
2. GAPNING VAZIFASI VA TUZULISHI.
3. BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILINI O’RGATISHNING MAZMUNI VA VAZIFALARI.


XULOSA.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ta’limning ravnaqi, uning insonparvarligi, ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta’lim standari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi ta’kidlab ko’rsatilgan.
Boshlang’ich sinf ona tili o’qitishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslashgan. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib, ularni bajarishda o’qituvchidan mas’uliyat va pedagogik mahorat talab etiladi. Bu vazifalarni bajarish jarayonida o’quvchilarni axloqiy, estetik, mehnat, ekologik jihatdan tarbiyalanib boriladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarni imloviy savodxonligi oshiriladi, nutqi rivojlantiriladi. Shu bilan birga ona tili ta’limi oldida quyidagi vazifalar turadi:
- o’quvchilarni ijodiy va mustaqil fikrlashga o’rgatish;
- o’z fikrini og’zaki va yozma shaklda to’g’ri va ravon bayon etishga o’rgatish;
- yozuv qoidalariga rioya qilgan holda yozma nutqini shakllantirish.
Dars jarayonida o’quvchilar bo’g’inlardan so’zlar, so’zlardan lar, lardan matn tuzishga o’rganadilar. So’zlarni bog’lab lar tuzish, so’zlarni butunicha sidirg’a o’qishni o’rganadilar. O’quvchilarga o’qish va yozish birga olib boriladi. Boshlang’ich sinflar ona tili ta’limi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari o’zaro bog’liq holda o’rganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida elementar bilimlar beriladi. Fanning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o’zaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni o’rganishga bunday yondashish ta’lim jarayonini o’quvchilar nutqini o’stirish vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini beradi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə