|
O’zbekiston Respublikasi XalqBiologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma216
Motiv
– ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo’ladigankishining ichki
faoliyat mazmuni.
Motivatsiya
– biologik jihatdan insonning irsiy va to’plangan tajribasi asosida
individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan, undaydigan
tuyg’u.
Muammoli vaziyat
– hayotdagi yoki o’quv vaziyati bo’lib, u mashaqqat bilan
hal qilinadigan masala tufayli yuzaga keladi.
Muammoli ma’ruza
– talabani o’ylashga, taqqoslashga, yechimini topishga
undaydigan ma’ruza.
Munozara
– 1) matbuotda, suhbatda biror bahsli masalani muhokama, qilish,
bahs; 2) muayyan muammo bo’yicha fikr almashishga asoslangan ta’lim metodi.
Mustaqil ishlar
– bilimlarni egallash bilan birga ko’nikmalarni shakllantirish
ham mustaqil amalga oshiriladigan faoliyat, vazifa.
Nazariy tahlil
– pedagogik hodisalarni alohida jihatlari, belgilari, xususiyatlari,
o’ziga xosligini aniqlash va tahlil etish.
Obyekt
– insonning, subektning bilish predmeti va faoliyati.
Oliy ta’lim muassasalarining akkreditatsiyasi
– oliy ta’lim muassasi faoliyat
darajasining OT DTS mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan
e’tirof etilishi.
Pedagog
– tarbiyachi, o’qituvchi, dars beruvchi.
Pedagogika
– yosh avlod ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan.
Pedagogikaning nazariy vazifasi – ilg’or va yangi pedagogik tajribalarni
o’rganish.
Pedagogik jarayon
– ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga
qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli
o’zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari –
pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy
talablari bo’lib, u pedagogik jarayonning yo’nalishini ko’rsatadi va uning
qonuniyatlarini ochib beradi.
|
|
|