O’zbekiston Respublikasi Xalq


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Mustahkamlash uchun savollar: 
1.Akademik litseylarda biologiyani о‘qitishda nimalarga e’tiborni qaratish 
zarur? 
2.Kasb-hunar kollejlarida biologiyani о‘qitishning о‘ziga xos xususiyatlarini 
aniqlang? 
3.Biologik 
ta’lim mazmunining tarkibiy qismlarining о‘ziga xos 
xususiyatlarini aniqlang? 
4.Biologiyadan davlat ta’lim standartlarining tarkibiy qismlarini aniqlang? 
5.Biologik ta’limning kasbiy yо‘naltirilganlik masalalarini о‘rganing? 
 


206 
29-§ BIOLOGIYADAN FAKULTATIV ASHG‘ULOTLARNI TASHKIL 
ETISH 
Uzluksiz ta’lim tizimida biologiyadan о‘quvchilarning fan asoslarini 
mustahkam va chuqur о‘zlashtirishga bо‘lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini 
rivojlantirish, о‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qо‘llash, kasbga yо‘naltirishni 
amalga oshirish, tajriba qо‘yish va kuzatish о‘tkazish, qо‘shimcha adabiyotlar 
ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalarini shakllantirish, tabiatga nisbatan ongli 
munosabatni tarkib toptirish maqsadida о‘qitish jarayonining yangi shakli 
fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 
Fakultativ mashg‘ulotlar kamida 34 soatga mо‘ljallangan bо‘lib, о‘quv yili 
davomida haftasiga 1 soat yoki yarim yilda haftasiga 2 soatga mо‘ljallangan bо‘lib, 
mazkur mashg‘ulotlar darsgacha yoki darsdan keyin о‘tkaziladi. 
Biologiya 
о‘qituvchisi 
fakultativ 
mashg‘ulotlarning 
guruhlarini 
о‘quvchilarning hohish-istagi asosida bir sinf yoki parallel sinf о‘kuvchilaridan 
tuzadi, guruhlarda о‘quvchilar soni 10 tadan kam bо‘lmasligi kerak.
Fakultativ mashg‘ulotlar uchun о‘quv soatlari harakatdagi о‘quv rejadagi 
maktab ixtiyoriga berilgan soatlar hisobidan ajratiladi. 
Fakultativ mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish uchun о‘qituvchi 
о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan, mantiqiy, mustaqil va ijodiy 
fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beradigan о‘qitish metodlari, 
vositalari va shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. 
Fakultativ mashg‘ulotlarda о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlariga keng 
о‘rin berish barobarida ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, 
ekskursiyalardan foydalaniladi.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə