O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida


-bob. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish va dublikatini berish



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə5/22
tarix24.03.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#103094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
528-sonli qaror

3-bob. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish va dublikatini berish
41. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
o‘lchash vositasining sifati yomonlashganligi bo‘yicha o‘lchash vositalari foydalanuvchilarining asosli shikoyatlari (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda o‘lchash vositalariga belgilangan talablarga nomuvofiqlik) mavjud bo‘lganda;
o‘lchash vositasining davriy metrologik tekshiruvi va uni nazoratdan o‘tkazish jarayonida o‘lchash vositasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda o‘lchash vositalariga belgilangan talablar bo‘yicha nomuvofiqliklar soni ko‘payishi to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlar (akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar) mavjud bo‘lganda;
ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘lchash vositasining konstuksiyasiga va ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi to‘g‘risida ijrochiga xabar berilmaganligi aniqlanganda.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Ijrochi ushbu Qoidalarning 41-bandda ko‘rsatilgan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar aniqlanganda o‘n ish kuni mobaynida tegishli xulosani rasmiylashtiradi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etadi.
Taqdim etilgan hulosa asosida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi uch ish kuni mobaynida o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab ijrochi tomonidan uch ish kuni mobaynida u ariza beruvchiga yetkaziladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish muddati kamchiliklarning xususiyatiga bog‘liq holda belgilanadi, biroq bu muddat O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
44. Ariza beruvchi tomonidan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etganida, yozma shakldagi ma’lumotni ijrochiga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Ijrochi o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida yozma shakldagi ma’lumotni olgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi xulosani taqdim etadi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Ijrochi tomonidan taqdim etilgan xulosa asosida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi uch ish kuni mobaynida sertifikatning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu to‘g‘risida ijrochi tomonidan uch ish kuni mobaynida ariza beruvchiga xabar beradi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
47. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish bo‘yicha qarorda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish holatlari ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etmaganda;
(47-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
ishlab chiqaruvchi o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini bekor qilishi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
turi tasdiqlangan o‘lchash vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran.
48. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turining ta’rifi yo‘qotilganda yoki unga zarar yetkazilganda ijrochi tomonidan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining yoki o‘lchash vositalari turi ta’rifining dublikati ariza beruvchining arizasiga asosan o‘n ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi, bunda dublikatning yuqori qismi o‘ng tomoniga: “DUBLIKAT 20__ yil “___” ____________da BERILGAN” so‘zlari yoziladi.
49. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turning ta’rifidagi imloviy, grammatik xatolarni tuzatish o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turining ta’rifini bekor qilish hamda yangi o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turning ta’rifi oldin berilgan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turining ta’rifidagi sana ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikat amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash va bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq e’lon qilinadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə