O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida


-bob. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə9/22
tarix24.03.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#103094
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
528-sonli qaror

2-bob. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish
13. Ariza beruvchi ijrochiga ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida ariza yuboradi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
ariza beruvchining to‘liq nomi, manzili va rekvizitlari;
o‘lchash vositalarining nomi va ularni ishlab chiqaruvchi mamlakat;
o‘lchash vositalarining nomi, belgilanishi hamda uning inventar yoki zavod raqami;
baholanishi kerak bo‘lgan tavsiflar ro‘yxati.
Arizada (ko‘p funksiyali o‘lchash vositalari uchun) o‘lchanuvchi kattaliklar, o‘lchash diapazonini va shu o‘lchash vositasini foydalanish nazarda tutilgan sharoitlarni ko‘rsatish zarur.
14. Foydalanish uchun ishga-tushirish sozlash ishlari o‘tkazilishi talab etiladigan bir nechta qismlardan iborat bo‘lgan o‘lchash vositalarining metrologik attestatsiyasi, ular montaj qilingandan va foydalanish joyida ularning ishga yaroqliligi sinab ko‘rilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Ushbu holatda ariza beruvchi ijrochining namunaviy o‘lchash vositalari va yordamchi qurilmalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazish joyiga yetkaziliishi va qayta olib kelinishini ta’minlaydi.
15. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
o‘lchash vositasi;
o‘lchash vositalarining ekspluatatsiya va texnik hujjatlari;
16. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish:
statsionar laboratoriyalarda;
ko‘chma (mobil) laboratoriyalarda;
bevosita o‘lchash vositalari joylashgan joylarda, ijrochining mutaxassislarini xizmat safariga yuborish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Ijrochining mutaxassislarni xizmat safariga yuborish, ko‘chma (mobil) laboratoriyalardan foydalanish, ishni tashkil etish tartibi shartnoma asosida belgilanadi.
17. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishda metrologik attestatsiya uchun mo‘ljallangan joy sharoiti qiyoslash uslubiyoti va metrologik attestatsiya dasturida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ariza beruvchining arizasiga ko‘ra o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ulardan foydalanish joyida o‘tkazilishi mumkin. Bu holda ariza beruvchi ijrochining namunaviy o‘lchash vositalari va yordamchi qurilmalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazish joyiga yetkazilishi va qayta olib kelinishini ta’minlaydi.
18. Agar o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun ijrochi laboratoriyasida butun diapazon bo‘yicha metrologik attestatsiyadan o‘tkazishning texnik imkoni mavjud bo‘lmasa, ariza beruvchining yozma talabiga ko‘ra o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish mumkin bo‘lgan diapazonda o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.
19. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar ular boshqa tillarda bayon etilgan bo‘lsa, u holda hujjatlarga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
20. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 15-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta orqali taqdim etilishi mumkin.
21. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi va o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishga ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ariza beruvchiga metrologik attestatsiyani o‘tkazishni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xat yuboradi.
O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun shartnomalar elektron shaklda tuzilishi ham mumkin.
22. O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan, o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotini aks ettiruvchi hujjat bo‘lmagan taqdirda ijrochi tomonidan ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar asosida qiyoslash uslubiyotining loyihasi ikki ish kuni mobaynida ishlab chiqiladi.
23. Ijrochi tomonidan metrologik attestatsiya dasturi bir ish kuni mobaynida ishlab chiqiladi va ariza beruvchi bilan kelishiladi.
24. Ijrochi o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab, metrologik attestatsiya dasturi va o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotiga muvofiq o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazadi.
25. O‘lchash vositalarining metrologik attestatsiya dasturi va qiyoslash uslubiyoti o‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
26. Bir turdagi o‘lchash vositalarining metrologik attestatsiyasi metrologik attestatsiya namunaviy dasturlari bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘lchash vositalari metrologik attestatsiya namunaviy dasturlari ro‘yxati O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq e’lon qilinadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
27. Metrologik attestatsiya dasturi, o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish bayonnomasi va dalolatnomasining shakli va mazmuniga qo‘yiladigan talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish natijalari ijobiy bo‘lganda, ijrochi bir ish kuni mobaynida o‘lchash vositalarini maxsus dasturiy ta’minot (platforma) orqali elektron shaklda reyestrda ro‘yxatga oladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish natijalari salbiy bo‘lgan taqdirda ijrochi bir ish kuni mobaynida aniqlangan nomuvofiqliklarni ko‘rsatgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga beradi.
29. Ijrochi o‘lchash vositalari reyestrda ro‘yxatga olingandan keyin bir ish kuni mobaynida ushbu Qoidalarga 4-ilovaga asosan shakl bo‘yicha reyestr uchun o‘lchash vositalari turining ta’rifi va 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha metrologik attestatsiya sertifikatini rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(29-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
30. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish davomiyligi o‘n ish kunidan oshmasligi kerak, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan o‘lchash vositalari bundan mustasno.
31. O‘lchash vositalari metrologik attestatsiya sertifikatining amal qilish muddati o‘lchash vositalarining qiyoslashlararo intervaliga muvofiq belgilanadi.
32. Metrologik attestatsiya sertifikatining amal qilish muddati tugagandan so‘ng o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkaziladi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə