Ta’lim yo‘nalishlari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/15
tarix30.12.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#166766
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5410600-Zooinjeneriya (Baliqchilik) (2)


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVЕRSITЕTI



5410600- ZOOINJENERIYA (BALIQCHILIK)TA’LIM YO‘NALISHLARI 
BITIRUVCHILARINING FANLARARO YAKUNIY DAVLAT
ATTESTATSIYA 
SINOVI

DASTURI


2021/2022 o‘quv yili




Tuzuvchilar:
R.Akrambayev NamDU “Biotexnologiya” kafedrasi
mudiri, Ph.D.
E.Ikramov NamDU “Biotexnologiya” kafedrasi
dotsenti, b.f.n.
M.Egamberdiyev NamDU “Biologiya” kafedrasi
katta o’qituvchisi,Ph.D. I.K.Rustamov  NamDU “Biotexnologiya” kafedrasi katta
o’qituvcisi,b.f.n.

Taqrizchilar:

A.S. Dedabayev Namangan viloyati Baliqsanoat MChJ raisi


A.Daminov Uchqo’rg’on «DB GROUP ECO» MChJ raisi

5410600-Zooinjeneriya (baliqchilik) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining  fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi  dasturi Biotexnologiya kafedrasining 2021- yil «22» noyabrdagi № 4-sonli majlisida muhokama qilingan hamda  tasdiqqa tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri R.Akrambayev

5410600-Zooinjeneriya (baliqchilik) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining fanlararo  yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi Namangan davlat universiteti  Kengashining 2021-yil «14» 12 dagi  № 4-sonli  majlisida  muhokama qilinib,  tasdiqlangan.

Kengash kotibi M.Asqarova

I. UMUMIY QOIDALAR

1. 5410600-Zooinjeneriya (baliqchilik) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining fanlararo  yakuniy  davlat attestatsiya sinovi dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim vazirining 2009- yil 22- maydagi 160- sonli  buyrug‘i  bilan tasdiqlangan  “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizom, 2018- yil 25- avgustdagi 744-sonli buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan “5410600-Zooinjeneriya (baliqchilik) bakalavriat  ta’lim yo‘nalishining  malaka  talablari”  (keyingi  o‘rinlarda – Malaka talablar) hamda № B5410600-18 tartib  raqami  bilan  ro‘yxatga  olingan o‘quv rejasining  (keyingi o‘rinlarda – O‘quv rejasi)  umumkasbiy  va ixtisoslik  fanlari o‘quv  dasturlari asosida  tuzildi.

2. Fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi (keyingi o‘rinlarda – Attestatsiya  sinovi) O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibga ko‘ra, bitiruvchilarning Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan biri hisoblanib, unda ta’lim yo‘nalishi xususiyati, iqtidori va xohishiga ko‘ra bitiruv  malakaviy ishi yozish istagini bildirmagan,  o‘quv rejasidagi  ta’lim dasturlarini to‘liq  o‘zlashtirgan  bitiruvchi kurs talabalari ishtirok  etishlari  shart.

3. Attestatsiya sinovini topshirishga o‘quv reja va fan dasturlarini to‘liq tugatgan  va o‘quv  rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarga ruxsat beriladi.

4. Attestatsiya sinovi O‘quv rejasining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining barchasini qamrab  oladi hamda sinov topshiriqlari ushbu fanlar o‘quv dasturlari asosida tuziladi.

5. Attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar bilan bir qatorda,  talaba tayyorgarligining  Malaka talablarida bitiruvchiga qo‘yiladigan umumiy talablarga javob bera olish darajasini aniqlashga yo‘naltiriladi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə