O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

2-modda. Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.


Fuqarolik qonunchiligi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk
huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning
vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma
majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq
shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan
munosabatlarning ishtirokchilari bo‘ladilar.
Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, fuqarolik qonunchiligida
belgilab qo‘yilgan qoidalar chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet ellik
yuridik shaxslar ishtirokidagi munosabatlarga qo‘llaniladi.
Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy
munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki bu
munosabatlarning mohiyatidan o‘zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonunchiligi bilan
tartibga solinadi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
ko‘rsatilgan belgilarga javob beradigan oilaviy
munosabatlarga, mehnat munosabatlariga va tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof
muhitni muhofaza qilish munosabatlariga nisbatan fuqarolik qonunchiligi bu munosabatlar
maxsus qonunlar bilan tartibga solinmaydigan hollarda qo‘llaniladi.
(2-moddaning birinchi — beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bir tarafning ikkinchi tarafga ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga,
shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa ma’muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik
qonunchiligi qo‘llanilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(2-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
24 — 35-moddalari
, mazkur Kodeksning 
1

3 —
7

24 — 31-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 
6 —7-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining Uy-joy kodeksi 
25

35-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi 
112-113-
moddalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə