O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Shartnomaning namunaviy shartlari



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

359-modda. Shartnomaning namunaviy shartlari
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan
namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda tutilishi mumkin.
Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan hollarda bunday namunaviy
shartlar taraflarning munosabatlariga ish muomalasi odatlari sifatida qo‘llaniladi.
Namunaviy shartlar namunaviy shartnoma yoki ushbu shartlarni o‘z ichiga oluvchi boshqa
hujjat shaklida ifodalanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
6

353 — 358

360 — 363-moddalari
.
360-modda. Qo‘shilish shartnomasi
Shartlarini taraflardan biri formulyarlar yoki boshqa standart shakllarda ta’riflagan hamda
ikkinchi taraf faqat taklif qilingan shartnomaga butunlay qo‘shilish yo‘li bilan qabul qilishi
mumkin bo‘lgan shartnoma qo‘shilish shartnomasi deyiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qo‘shilish shartnomasi garchi qonunchilikka zid bo‘lmasa-da, biroq qo‘shiluvchi
tarafni odatda ana shunday turdagi shartnomalar asosida beriladigan huquqlardan mahrum


etsa, ikkinchi tarafning majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligini istisno etsa yoki cheklasa
yohud unda qo‘shilgan taraf uchun ochiqdan-ochiq og‘ir bo‘lgan, bu tarafda shartnoma
shartlarini belgilashda qatnashish imkoniyati bo‘lganida u o‘zining manfaatlarini ko‘zlab qabul
qilmaydigan shartlar yozib qo‘yilgan bo‘lsa, shartnomaga qo‘shilgan taraf shartnomani bekor
qilishni yoki o‘zgartirishni talab qilishga haqli.
(360-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganida o‘z
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shartnomaga qo‘shilgan taraf qanday
shartlar asosida shartnoma tuzayotganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa,
shartnomaga qo‘shilgan tarafning shartnomani bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida qo‘ygan
talabi qondirilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
332

353 — 359

361 — 363

382 — 385-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining 25.08.2015-yildagi “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasining
ikkinchi qismi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə