O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish va



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

383-modda. Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish va
bekor qilish
Shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo‘lgan vaziyatning jiddiy o‘zgarishi, agar
boshqacha tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki uning mohiyatidan
anglashilmasa, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Vaziyatning taraflar oldindan ko‘ra bilganlarida shartnomani umuman tuzmasliklari yoki
ancha farq qiladigan shartlar bilan tuzishlari mumkin bo‘lgan darajada o‘zgarishi uning jiddiy
o‘zgarishi hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani jiddiy o‘zgargan vaziyatga muvofiqlashtirish yoki uni bekor
qilish haqida kelisha olmagan bo‘lsalar, shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud
tomonidan bekor qilinishi, ushbu moddaning 
beshinchi qismida 
nazarda tutilgan asoslarga
ko‘ra esa — o‘zgartirilishi mumkin, agar ayni vaqtda quyidagi shartlar mavjud bo‘lsa:


1) shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday o‘zgarish yuz bermaydi, deb
hisoblagan bo‘lsalar;
2) vaziyatning o‘zgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo bo‘lganidan keyin
manfaatdor taraf shartnomaning xususiyatiga va muomala shartlariga ko‘ra o‘zidan talab
qilinadigan darajada vijdoniylik va ehtiyotkorlik qilgan bo‘lishiga qaramay, bu sabablarni yenga
olmagan bo‘lsa;
3) shartnomani uning shartlarini o‘zgartirmasdan bajarish taraflar mulkiy manfaatlarining
shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular
shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘lsalar;
4) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan vaziyatning o‘zgarishi
xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi anglashilmasa.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida sud har qanday taraf
talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani
bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini ular o‘rtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaning o‘zgartirilishiga
shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid bo‘lgan yoki taraflarga shartnomani sud
tomonidan o‘zgartirilgan shartlar asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha
ortiq zarar keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
353, 354

357

364

367

370

377

382

384, 385-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy sudi Plenumining 02.05.1997-yildagi “Xususiylashtirilgan
turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti haqida”gi 3-son qarorining 
9-bandi
, Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xo‘jalik
shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 18-bandining 
uchinchi — oltinchi
xatboshilari

20-bandi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə