Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari ovoz berish kuniga o‘n
kun qolganda, O‘zbekiston
Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar
va
dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida,
olis va borish
qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum
etish joylarida tuzilgan
uchastkalarda esa ovoz berish kuniga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida
fuqarolarni xabardor etadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Fuqarolarga referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi binosida va O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali ovoz beruvchi fuqarolarning
ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi. Chet davlatlarda turgan fuqarolarga ovoz beruvchi
fuqarolar ro‘yxatidagi o‘ziga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati O‘zbekiston
Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va
boshqa vakolatxonalari rasmiy veb-saytlari orqali ham ta’minlanadi.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritish
referendumga besh kun
qolganida to‘xtatiladi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Dostları ilə paylaş: