O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


 -modda. Chet davlatlarda turgan fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

26 -modda. Chet davlatlarda turgan fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga
kiritish
Chet davlatlarda turgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik
va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga
ularni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida referendumdan o‘n besh kun oldin
yozma shaklda yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali
elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari chet davlatlarda turgan
fuqarolarning ularni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatida ko‘rsatilgan
shaxsga doir ma’lumotlarini uch kun ichida tekshiradi va fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga
kiritish haqidagi masalani hal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga
kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga
taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan
fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni darhol O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga tegishli tuzatishlar
kiritish uchun taqdim etadi.
(26 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
27-modda. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari bilan tanishtirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
1
1


Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari ovoz berish kuniga o‘n kun qolganda, O‘zbekiston
Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar
va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish
qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan
uchastkalarda esa ovoz berish kuniga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida
fuqarolarni xabardor etadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolarga referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi binosida va O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali ovoz beruvchi fuqarolarning
ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi. Chet davlatlarda turgan fuqarolarga ovoz beruvchi
fuqarolar ro‘yxatidagi o‘ziga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati O‘zbekiston
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va
boshqa vakolatxonalari rasmiy veb-saytlari orqali ham ta’minlanadi.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritish referendumga besh kun
qolganida to‘xtatiladi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə