O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning ishini tashkil etish va ularning



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

24-modda. Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning ishini tashkil etish va ularning
vakolat muddati
Agar referendum o‘tkazuvchi komissiyaning majlisida shu kungi komissiya tarkibining
kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, majlis vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz
berish orqali komissiya umumiy tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi
bo‘lmagan komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini bayon etishga haqlidirlar, bu fikr yozma
shaklda bayonga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘linib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi
kuchga ega bo‘ladi.
Referendum o‘tkazuvchi komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi
komissiyalar, shuningdek barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, harbiy qismlarning,
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.
Referendum o‘tkazuvchi komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki boshqa a’zolaridan biri
komissiyaning qaroriga binoan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab
chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bunda referendum o‘tkazish
uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan uning o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning a’zolariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish
hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish
xarajatlarining va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida kompensatsiya to‘lanadi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Davlat organlari va jamoat birlashmalari organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar referendum o‘tkazuvchi komissiyalarga o‘z vakolatlarini amalga oshirishlari
uchun yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar kerakli binolar va jihozlarni referendum
o‘tkazuvchi komissiyalar ixtiyoriga bepul berib turadilar.
Referendum o‘tkazuvchi komissiya referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga va jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega. Ular qo‘yilgan
masalani ko‘pi bilan uch kun ichida ko‘rib chiqishlari va referendum o‘tkazuvchi komissiyaga javob
qaytarishlari shart.
Referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari referendum natijalari e’lon
qilinganidan keyin o‘z faoliyatlarini tugatadi.

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə