O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasini tuzish



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

19-modda. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasini tuzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon
qilinganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o‘n kundan
kechikmay komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va komissiyaning sakkiz — o‘n sakkiz nafar
boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining
majlislarida muhokama qilinadi hamda referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan
keyin yetti kundan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
20-modda. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasining vakolatlari
Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi:
1) tegishli okrug hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi;
2) referendum uchastkalarini tuzadi, okrug bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilaydi,
manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qiladi;
3) referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini tuzadi hamda ularning tarkibi va
joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
4) referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
5) mablag‘larni referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, uchastka
komissiyalarining binolar, transport, aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi va okrugda
referendumni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi;
6) referendumga qo‘yilgan masalaning mazmunini tushuntirishga qaratilgan tadbirlarni
o‘tkazishda ommaviy axborot vositalariga ko‘maklashadi;
7) mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarining, jamoat birlashmalari, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
8) ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari tuzilishi va ularning hamma tanishib chiqishi uchun
taqdim etilishini kuzatib boradi;
9) referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini ovoz berish byulletenlari bilan ta’minlaydi;


10) okrug bo‘yicha ovoz berish yakunlarini aniqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasiga taqdim etadi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
11) ovoz beruvchi fuqarolarning va referendum boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib
chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan referendum o‘tkazuvchi
komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;
(20-moddaning 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
12) ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga
oshiradi.
(20-moddaning 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə