O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


III. REFERENDUM OKRUGLARI VA UChASTKALARI



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

III. REFERENDUM OKRUGLARI VA UChASTKALARI
15-modda. Referendum okruglarini tuzish


Referendum okruglari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralarida tuziladi.
Referendum okruglarining referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar soni
va referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari joylashgan yer ko‘rsatilgan ro‘yxatlari referendum
tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin kechi bilan besh kun ichida O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
16-modda. Referendum uchastkalari tuzish tartibi va normasi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Referendum uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini
inobatga olgan holda, referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga mumkin
qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Referendum uchastkalari harbiy qismlar,
sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va
borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum
etish joylarida ham tuziladi. Bu uchastkalar o‘zlari joylashgan erdagi referendum okruglariga kiradi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Referendum uchastkalari O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va
boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilishi mumkin. O‘zbekistondan tashqarida tuziladigan
referendum uchastkalarini tegishli okrugga birkitish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Referendum uchastkalari tumanlar, shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan
referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda referendum
uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida
referendum uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga
binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Referendum uchastkalari referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin o‘n
besh kundan kechikmay tuziladi. Harbiy qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy
davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin
bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham referendum
uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida referendum o‘tkazishga
kamida besh kun qolganda tuziladi.
(16-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Referendum uchastkalari referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning,
qoida tariqasida, kamida yigirma va ko‘pi bilan uch ming nafaridan iborat etib tuziladi.

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə