Jamg‘armaning asosiy vazifalari



Yüklə 469,73 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü469,73 Kb.
#161227
bujet


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDA BUDJETDAN TASHQARI TA’LIM VA TIBBIYOT MUASSASALARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASI
Zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda respublika ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini tizimli asosda rivojlantirish hamda mustahkamlash, ularni eng ilg‘or o‘quv, tashxis va davolash uskunalari, axborot-kompyuter texnikasi bilan jihozlash, jamlanadigan mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2847-sonli qaroriga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi va Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etildi.
Jamg‘armaning asosiy vazifalari:
birinchi, Jamg‘armaga kelib tushayotgan mablag‘larni keyinchalik ulardan qonunchilikka muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, bolalar musiqa va san’at maktablari, oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) hamda tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (qayta jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;
ikkinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek, o‘yin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini o‘rash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
uchinchi, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni, shu jumladan idoraviy bo‘ysunuvdagilarni, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, jumladan, zarur hollarda o‘quv korpuslarini o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
to‘rtinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
alashtirish.
beshinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish;
oltinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
yettinchi, zamon talablarini hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalarini eng yangi o‘quv-laboratoriya, ilmiy va ishlab chiqarish uskunalari, musiqa cholg‘u asboblari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa shakllari bilan, shuningdek, o‘quv mebellari va asbob-anjomlari bilan jihozlash va qo‘shimcha jihozlashni moliyalashtirish;
sakkizinchi, zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, sog‘liqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlashni hamda doimiy ravishda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish;
to‘qqizinchi, zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqib, bolalar musiqa va san’at maktablarini eng yangi musiqa va cholg‘u asboblari va maxsus uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari, o‘quv mebellari va anjomlari bilan jihozlashni moliyalashtirish.
Jamgʻarmaning mablagʻlari qanday shakllantiriladi va nimalarga sarflanadi
Hujjat bilan Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va daromadlarining shakllanish manbalari belgilandi (quyidagi jadvalga qarang).
Thank you!
Yüklə 469,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə