O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Kuzatuvchilarning huquqlari



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

9-modda. Kuzatuvchilarning huquqlari
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
referendum uchastkasida hozir bo‘lish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish
kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va ovoz berish qutilarining muhrlanishini,
fuqarolarning ro‘yxatga olinishini, ovoz berish byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
(9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi
O‘RQ-779-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-
son)
ovozlarni sanab chiqishda va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining ovoz berish
yakunlari to‘g‘risidagi bayonini tuzishda hozir bo‘lish;
ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli referendum o‘tkazuvchi komissiya
tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so‘rash va olish;
agar referendumda ushbu Qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asos
bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida referendum o‘tkazuvchi yuqori komissiyaga ma’lum qilish.
Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
ovoz beruvchi ovoz berish byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda ovoz berish
kabinasida yoki xonasida bo‘lish;
ovoz beruvchilarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
ovoz beruvchilardan ular qanday ovoz berganliklarini surishtirish yoki ularga ovoz berish
byulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan ovoz berish
qutilarini muhrlash, ularni ochish, ovozlarni sanab chiqish chog‘ida aralashish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida
tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini
kamida uch kun oldin xabardor qilishi kerak.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə