O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumni o‘tkazish tashabbusini



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

12-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumni o‘tkazish tashabbusini
amalga oshirish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari agar, referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan
fuqarolar umumiy sonining kamida besh foizini tashkil etgan fuqarolar imzosi to‘plangan bo‘lsa,
basharti bunda imzolayotgan fuqarolar miqdori har bir ma’muriy-hududiy tuzilma
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri) bo‘yicha bir tekis va mutanosib ravishda
taqsimlangan bo‘lsa, referendumni o‘tkazish tashabbusi huquqini amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasining referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan har bir
fuqarosi yoki fuqarolar guruhi referendumni o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlovchi
imzolarni to‘plash uchun kamida yuz kishidan iborat tashabbuskor guruhni tuzishi mumkin.
Fuqarolar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili guruhni ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga
quyidagilar ilova qilinadi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolar tashabbuskor guruhi a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi,
turar joy manzili, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami
ko‘rsatilgan ro‘yxati;
(12-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi
O‘RQ-759-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
fuqarolar tashabbuskor guruhi yig‘ilishining vakolatli vakilni tayinlash to‘g‘risidagi qarori va
uning nomiga qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;
fuqarolar tashabbuskor guruhi referendum o‘tkazish to‘g‘risida tashabbus ko‘rsatib qaror
qabul qilgan yig‘ilishining bayoni;


referendumga olib chiqish uchun fuqarolar tashabbuskor guruhi taklif etayotgan masalaning
(masalalarning) ta’rifi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarning ushbu
Qonun talablariga muvofiqligini aniqlagach, ular tushgan kundan e’tiboran besh kun ichida
fuqarolar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror
qabul qiladi.
Fuqarolar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin
vakolatli vakilga tegishli ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi beriladi.
Fuqarolar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish rad etilgani taqdirda O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi asosli javob beradi.
Fuqarolar tashabbuskor guruhi o‘zining vakolatli vakili ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasini
olganidan keyingina referendumni o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchi imzolar to‘plashga
haqlidir. Bunda fuqarolarning ilgari to‘plangan imzolari hisobga olinmaydi. Fuqarolar tashabbuskor
guruhiga berilgan ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi uch oy mobaynida haqiqiydir. Imzolar to‘plash
bo‘yicha xarajatlarni fuqarolar tashabbuskor guruhi qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Imzo varaqasida referendumga qo‘yilayotgan masalaning ta’rifi bo‘lishi kerak.
(12-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolar imzo varaqasida o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, turar joy manzili,
pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqamini, shuningdek imzo
qo‘yilgan sanani ko‘rsatadilar.
(12-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Referendumga qonun loyihasi qo‘yilgan taqdirda, imzolar to‘plashni o‘tkazayotgan shaxs
fuqaroning talabiga binoan shu qonun loyihasining matnini taqdim etishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Imzo varaqasini imzolarni to‘plagan shaxs, shuningdek fuqarolar tashabbuskor guruhining
vakolatli vakili tasdiqlaydilar, bunda ular o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joy manzili,
pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqamini ko‘rsatadilar.
(12-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolarning imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘quv, turar joyida, shuningdek tashviqot qilish va
imzolar to‘plash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda o‘tkaziladi. Bunda imzolar
to‘playotgan shaxs fuqarolarni har qanday shaklda majburlashi va o‘ziga og‘dirib olishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
(12-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Imzolar to‘planganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri
bo‘yicha alohida-alohida jildlarga tikilgan imzo varaqalari, shuningdek fuqarolar tashabbuskor
guruhining yakuniy bayoni fuqarolar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga topshiriladi.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tushgan hujjatlarning ushbu Qonun
talablariga muvofiqligini tekshiradi va imzo varaqalari tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga o‘z xulosasini yuboradi hamda bu
haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini xabardor qiladi.
(12-moddaning o‘n beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son
Qonuni
 tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)


Agar tekshirish natijasida imzolarni qalbakilashtirish hollari, ushbu Qonunning boshqa
buzilishlari aniqlansa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendum o‘tkazish
to‘g‘risidagi tashabbus haqiqiy emasligi haqida qaror chiqaradi. Mazkur qaror nusxasi fuqarolar
tashabbuskor guruhiga yuboriladi.

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə