O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Referendum tayinlash huquqi



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

13-modda. Referendum tayinlash huquqi
Referendum O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti referendum o‘tkazish tashabbuskori bo‘lgan taqdirda u
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaat etishi yoki referendum o‘tkazish to‘g‘risida o‘z
qarorini qabul qilishi mumkin.
Referendumga qo‘yilayotgan masalaning matni referendum tayinlanganda ma’qullanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan referendumni
tayinlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi referendum o‘tkazish
tashabbusini ko‘rsatish to‘g‘risidagi materiallarni va mas’ul qo‘mitaning xulosasini ikki hafta ichida
ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
referendumni tayinlash va uni o‘tkazishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida;
referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida;
referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusda taklif qilingan qonunni yoki boshqa qarorni
referendum o‘tkazmasdan turib qabul qilish haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining referendum masalasiga doir
qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senatiga, shuningdek referendum o‘tkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi referendum o‘tkazish
to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida qaror qabul qilsa, ayni shu mazmun yoki ma’nodagi ta’rif
bilan referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun bir yil o‘tganidan keyingina takroran kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati referendum o‘tkazish tashabbusini ko‘rsatish
to‘g‘risidagi materiallarni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
referendum o‘tkazish va referendum o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risidagi qarorini,
shuningdek mas’ul qo‘mitaning mazkur masala bo‘yicha xulosasini ikki hafta ichida ko‘rib chiqib,
quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
referendumni tayinlash va uni o‘tkazishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida;
referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining referendum masalaciga doir qarori mazkur
qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga, shuningdek referendum o‘tkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati referendumni o‘tkazish va referendum
o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senatining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mazkur
masalaga doir qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ushbu masala yuzasidan
qaror qabul qilgan kundan e’tiboran kechi bilan uch kun ichida matbuotda va boshqa ommaviy
axborot vositalarida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining referendumni o‘tkazish va referendum
o‘tkaziladigan sanani tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarida uni o‘tkazish sanasi belgilanadi, bunda ovoz
berish palatalarning qarorlari e’lon qilingan kundan e’tiboran bir yarim oydan uch oygacha bo‘lgan
davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkin.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son 
Qonuni
tahririda —
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə