O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


VIII. YAKUNLOVChI QOIDALAR



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

VIII. YAKUNLOVChI QOIDALAR
42-modda. Referendumni moliyalashtirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar ushbu maqsadlar
uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(42-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va
fuqarolari o‘z mablag‘larini ixtiyoriy ravishda referendum o‘tkazish uchun berishlari mumkin. Bu
mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendumga tayyorgarlik
ko‘rish va uni o‘tkazish vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
43-modda. O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risidagi qonunni buzganlik
uchun javobgarlik
Fuqarolarning referendumda ishtirok etish, referendum masalalari yuzasidan tashviqot
yuritish huquqlarini amalga oshirishlariga zo‘ravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yo‘l bilan
qarshilik ko‘rsatayotgan shaxslar, shuningdek soxta hujjatlar tuzgan, ovozlarni atayin noto‘g‘ri sanab
chiqqan, yashirin ovoz berishni buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l
qo‘ygan mansabdor shaxslar, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning a’zolari, fuqarolar
tashabbuskor guruhlarining a’zolari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 176-modda; O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son; 27.10.2022-y.,
03/22/796/0966-son; 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə