O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


 -modda. Muddatidan oldin ovoz berish



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

35 -modda. Muddatidan oldin ovoz berish
Referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi
muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muddatidan oldin ovoz berish referendumga o‘n kun qolganida boshlanadi va referendumga
uch kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti O‘zbekiston
Respublikasi 
Markaziy 
saylov 
komissiyasi 
tomonidan 
belgilanadi 
va 
fuqarolarning,
kuzatuvchilarning e’tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
(35 -moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun referendum kunida
bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida
tegishli uchastka komissiyasidan referendumda ovoz berish byulletenini oladi.
Ovoz beruvchi referendumda ovoz berish byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka
komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Referendumda ovoz berish byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki
xonasida ovoz beruvchi tomonidan to‘ldiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ovoz beruvchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan referendumda ovoz berish byulletenini yopiq
konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning
yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular
komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
(35 -moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə