O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Referendum natijalarini aniqlash



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

38-modda. Referendum natijalarini aniqlash
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendum o‘tkazuvchi okrug
komissiyalarining bayonlari asosida:
O‘zbekiston Respublikasining ovoz beruvchi fuqarolari umumiy sonini;
ovoz berish byulletenlarini olgan fuqarolarning sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning sonini;
referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab berilgan ovozlar sonini;
referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlarining sonini aniqlaydi.
Agar ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa,
qaror referendumda qabul qilingan deb topiladi.
Agar ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kami referendumda ishtirok etgan bo‘lsa,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendumni o‘tmagan deb topadi.
Ovoz berish chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan
qoidabuzarlik tufayli ovoz berish yakunlari umuman yoki ayrim okruglar yoxud ayrim uchastkalar
bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topish
to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va
bu qaror ustidan referendum yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Ayrim okruglar yoki ayrim uchastkalarda ovoz berish yakunlari haqiqiy emas deb topilgan
taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan ana shu
okruglar yoki uchastkalar bo‘yicha ovoz berish natijalari (agar bu natijalarsiz ham referendum
umuman haqiqiy deb topilishi mumkin bo‘lsa) umumiy natijalardan chiqarib tashlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi majlisida ovoz berish yakunlari
chiqariladi va bu haqda bayon tuziladi. Bayon rais, rais o‘rinbosari, komissiyaning kotibi, boshqa
a’zolari tomonidan imzolanadi. Referendum yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasi qaror qabul qiladi.

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə