O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


VII. REFERENDUMDA QABUL QILINGAN QARORLARNING E’LON QILINIShI, KUChGA KIRIShI VA



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

VII. REFERENDUMDA QABUL QILINGAN QARORLARNING E’LON QILINIShI, KUChGA KIRIShI VA
MAJBURIYLIGI
39-modda. Referendum yakunlarini e’lon qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendum yakunlari bo‘yicha qabul
qilingan qarorni referendum o‘tkazilgandan keyin ko‘pi bilan o‘n kun ichida O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va rasmiy manbalarda e’lon qiladi.
Referendumda qonun qabul qilingan taqdirda, uning matni referendum yakunlari bo‘yicha
qaror bilan birga e’lon qilinadi.
(39-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
40-modda. Referendumda qabul qilingan qarorlarning kuchga kirishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar referendumda qabul qilingan qarorning, qonunning mazmunidan boshqacha qoida
kelib chiqmasa, referendumda qabul qilingan qaror, qonun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga
kiradi.
Referendumda qabul qilingan qaror, shu jumladan qonun shaklida qabul qilingan qaror
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy e’lon
qilingan kunning o‘zida uning ijrosini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.


(40-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
41-modda. Referendumda qabul qilingan qarorlarning majburiyligi
Referendumda qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy
kuchga ega bo‘ladi va O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bilan
biron-bir tarzda tasdiq talab qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ hujjatlari referendum qaroriga
muvofiqlashtirilmog‘i lozim.
Referendumda O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasinin
g ayrim normalariga o‘zgartirish
kiritishni taqozo etuvchi qaror qabul qilingan taqdirda, bu normalar referendum qaroriga
muvofiqlashtiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar referendumda qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjat
qabul qilish talab etilsa, davlat hokimiyati organi referendumda qabul qilingan qaror kuchga kirgan
kundan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu masala bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini va
ularni tayyorlash muddatini o‘z vakolatlari doirasida belgilashi shart.
(41-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə