O‘zbekiston respublikasining referendumi to‘G‘risida


-modda. Ovoz berishning boshlanishi



Yüklə 259,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/27
tarix28.11.2023
ölçüsü259,65 Kb.
#133093
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
265-II-сон 30.08.2001. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

33-modda. Ovoz berishning boshlanishi
Referendum kuni ovoz berish binosi referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolarining
kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgandagina ochiladi. Referendum o‘tkazuvchi komissiya raisi
komissiya a’zolari hozirligida ovoz berish qutisini muhrlaydi, ovoz berish byulletenlari va
referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatlarini komissiya a’zolari
o‘rtasida taqsimlaydi hamda ovoz berish boshlanganligini e’lon qiladi. Ovoz berish byulletenlarining
umumiy soni alohida hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
34-modda. Ovoz berishda ishtirok etuvchi fuqaroning shaxsini aniqlash
Ovoz berish binosiga kelgach, fuqaro uchastka komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini
tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan
keyin unga ovoz berish byulleteni beriladi.
Biror-bir sababga ko‘ra ro‘yxatga kirmay qolgan fuqarolarning familiyalari shaxsni, turar joyni
tasdiqlovchi hujjatga asosan ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.
35-modda. Ovoz berish tartibi
Referendumda ovoz berish byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi
yoki xonasida to‘ldiriladi. Ovoz berish byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa
shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega
bo‘lmagan fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan
shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolar ovoz berish byulletenida referendumga qo‘yilayotgan masala bo‘yicha o‘zi ovoz
berayotgan variant ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “ ” yoxud “x”
belgisini qo‘yadi.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-796-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)
To‘ldirilgan byulletenni fuqaro ovoz berish qutisiga tashlaydi. Ovoz berish qutilari referendum
o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolariga hamda kuzatuvchilarga ko‘rinib turishi kerak.
Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulleteni fuqaroning iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi
mumkin. Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida
saqlanishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(35-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuniga
 asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ayrim fuqarolar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela
olmagan taqdirda, ularning iltimosiga ko‘ra referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi ovoz
berishni ana shu fuqaro turgan joy bo‘yicha, ko‘chma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil
etadi.
(35-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Fuqarolarning arizalari bo‘yicha yo‘lga tushadigan uchastka komissiyasining a’zolari arizalar
soniga teng miqdordagi byulletenlarni imzo chekib oladilar. Fuqarolar arizalarining soni,
shuningdek ishlatilgan va qaytarilgan ovoz berish byulletenlarining soni alohida dalolatnomada
qayd etiladi. Bir vaqtning o‘zida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatida fuqaro referendum uchastkasi
binosidan tashqarida ovoz berganligi qayd etib qo‘yiladi. Uchastka komissiyasi a’zolari referendum
uchastkasi binosiga qaytganlaridan keyin ko‘chma ovoz berish qutisi ovozlarni sanab chiqish
boshlanguncha ochilmaydi. Ovoz berishni referendum uchastkasi binosidan tashqarida tashkil
etish va o‘tkazish ovoz berish sirining oshkor bo‘lishi yoki fuqaroning xohish-irodasi buzib
ko‘rsatilishi ehtimolini istisno etishi kerak.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining a’zosi yoki kuzatuvchi ovoz berish sirini
oshkor qilsa yoki fuqarolarning xohish-irodasiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qilsa, uchastka
komissiyasining a’zosi komissiya ishida ishtirok etishdan chetlashtiriladi, kuzatuvchi esa ovoz berish


binosidan darhol chiqarib yuboriladi. Bu haqda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi qaror
qabul qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 259,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə